Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/11/2021
Chop etish
BOTULIZM nima?

Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarga qaramasdan har yil qish mavsumi kirib kelishi bilan aholi o‘rtasida sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida fuqarolarni guruxli ovqatdan zaharlanishi bilan bog‘liq holatlar qayd qilinmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Botulizm nima” tadbiri ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda  ishtirok etgan viloyat DSENM xodimlari  yig‘ilganlarga xususan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarga uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishni va bu holatda qanday choralar qo‘llashni tushuntirib o‘tishdi. Tayyorlanayotgan mahsulotni «Konservalar va marinovkalar» qayta ishlash jarayonida unga tushgan botulizm qo‘zg‘atuvchilar hamisha ham qirilib ketmaydi,-deydi Feruza Hamdamova  ayniqsa botulizm qo‘zg‘atuvchilarining suporalari yuqori darajada o‘ta chidamli bo‘ladi. Mahsulotga tushgan qo‘zg‘atuvchilar va suporalar kislorodsiz qulay sharoit yaratilgandan keyin 22-37 daraja issiqlikda ko‘payib o‘zidan toksin ajratadi.

 

Botulizm toksinlari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallik alomatlari 2-3 soatdan keyin, ba’zi holatlarda esa 1-2 sutkada ham boshlanadi.
Tadbir davomida shuningdek mutaxassislar  talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.


Ulashish:
1 028
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.