Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2021
Chop etish
BAXTIMIZ POYDEVORI – DOIMO E’TIBORIMIZDA!

Mamlakatimiz bo‘ylab konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 29 yil to‘lgani munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun institutimiz Madaniyat saroyida tashkil etilgan shunday tadbirlardan biri “Konstitussiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Ahmedov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng, tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Jamshid Suvonqulov Bosh qonunimizning yaratilish tarixi, uning qabul qilinishidagi qiyinchiliklar va bahs-munozaralar haqida ma’ruza qildi.

Jizzax gornizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan vatanimizni madh etuvchi ijod namunalari va yurtimiz madyasini turli cholg‘u asboblarida ijro etilishi ishtirokchilarda o‘zgacha tassurot qoldirdi.

Tadbirda institutimizning iqtidorli yoshlari ham o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Chiroyli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar har bir ishtirokchiga iliq tassurot va bayram kayfiyatini ulashdi.

 

Shahzoda JALOLIDDINOVA,

“Ziyo chashmasi” gazetasi muxbiri.


Ulashish:
892
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.