Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
01/05/2022
Chop etish
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Sizlarni Muqaddas Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ushbu bayram sahovat, bag‘rikenglik, yaqinlarimizga e’tibor, xayrli ishlar kabi insoniy fazilatlarning alohida qadr-qimmatini eslatadi.

Bugungi farovon, fayzli, qut-barokotlik yurtda yashab, Vatanning yuksalishi yo‘lida halol mehnat qilayotgan sizdek qadrli ustozlarga Iydi Ramazon hayit bayrami muborak bo‘lsin!

Azizlar!

Qalblarimizni gina-kudurat, hasad, baxillik, ko‘rolmaslik kabi ma’naviy illatlardan poklaydigan, saxovat, mehru muruvvat, oliyjanoblik kabi fazilatlarni ulug‘laydigan bu go‘zal bayramning sharofati har bir xonadonga kirib borsin!

Oilangizda farovonlik va totuvlik hukmronlik qilsin! Sog‘lik-salomatlik, baxt, muvaffaqiyat hamrohingiz bo‘lsin! Barchangizga tinchlik-totuvlik tilayman!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.Sharipov


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.