Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi. Fuqarolar (71) 246-38-57 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Call-markaz dushanbadan shanbagacha har  kuni soat 9:00dan  17:00ga qadar  (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko‘rsatadi. P.S: Respublikadagi barcha OTMlarda ham qabul jarayonida Call-markazlar ishlaydi va ular haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.