Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/12/2019
Chop etish
    “Yangi adabiyotlar sizlar uchun”               

    “Yangi adabiyotlar sizlar uchun”  nomli  kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “San’atshunoslik” fakulteti o‘qituvchi va talabalari hamda faol kitobxonlar ishtirokida   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi 5 ta muhim tashabbusi ijrosi yuzasidan    «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar taqdimoti  va birinchi tashabbus– “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish davr talabi” mavzusiga oid ko‘rgazmali tadbir  tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kutubxonalarning o‘rni, kitobning beqiyos ahamiyati xususida o‘z fikrlarin bayon qilishdi.

 

 

Shundan so‘ng “Sanatshunoslik” fakulteti tasviriy sa’nata yo‘nalishi   talabalari ijodiy ishlaridan tashkil topgan ko‘rgazma  ishtirokchilarga namoyish etildi. Turli mavzularda chizilgan tasviriy sa’nat namunalari yig‘ilganlardachuqur taassurot qoldirdi

Tadbir yakunida Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zbek milliy  kuylaridan namunalar havola etishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 079
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.