Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti hovlisida  chempion qiz sharafiga tantanali qutlov tadbiri uyushtirildi

Institut hovlisiga karnay surnay sadolari ostida kirib kelgan Jahon chempioni Nigina O‘ktamovaga   Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati, uning ustozlari va kursdoshlari   tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, gullar taqdim qilindi.

Xabaringiz bor, 23 aprel kuni Polshaning Kelse shaxrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 1 kurs talabasi Nigina O‘ktamova barcha raqiblaridan ustun keldi. Nigina o‘zbek boksi tarixida birinchi bor jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi va oltin medal sohibiga aylandi.

 

 

O‘zbekiston boksi tarixida ilk marotaba jahon chempioni bo‘lgan bokschi qiz Nigina O‘ktamova bugun o‘zi  tahsil olayotgan oliygohda  tantanali ravishda kutib olindi. Uni institut jamoasi ustozlari yaqinlari va kursdosh do‘stlari  tabriklash uchun katta xursandchilik bilan qarshi olishdi.

Tadbirda institut rektori Sh.Sharipov  Niginani erishgan yuksak muvaffaqiyati bilan qutlab, unga  kelajakda bundanda yuksak marralarga erishishida omadlar tiladi.

Tantanali tadbirda shuningdek Niginaning ota-onasi hamda ustozlari ham so‘z olib Niginaning qo‘lga kiritgan yutug‘ida institut jamoasining xususan ustozlarning ham o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘z tashakkurlarini izhor etishdi.

–  Meni ushbu yutuqlarga erishishimda har doim ko‘makdosh bo‘lgan ustozlarim , ota-onam, yaqinlarimga, qolaversa biz talabalarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan institutimiz rektori  Sh.Sharipovga minnatdorchilik bildiraman, – deydi Nigina O‘ktamova.  –  Musobaqada ishtirok etayotgan 67 ta davlat bayroqlari uzra O‘zbekistonimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzalardagi hayajonlarimni ta’riflab bera olmayman. Hindiston, Jahon chempioni degan yuksak unvonga loyiq topildim. Men bundan mislsiz iftixor xissini tuydim. Kelajakda bundanda yuksak natijalarga erishish niyatim bor.

Eslatib o‘tamiz kuni kecha yana bir oltin medal sohibi Jizzax davlat pedagogika instituti  talabasi Jaxongir Zokirov ham xuddi mana shunday tantanali ravishda kutib olingan edi. Institut jamoasi jahon chempionlari Nigina O‘ktamova  va Jaxongir Zokirovlar bilan faxr tuyadi.


Ulashish:
1 000
Boshqa rubrikalarda mashhur

Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...
Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
Universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yo‘lga qo‘yildi.