Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2026
Chop etish
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Universitet mas’ullari ishtirok etgan uchrashuvda talabalarning ingliz tilida erkin so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish, birgalikda darslar, suhbat mashg‘ulotlari va madaniy tadbirlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, McClay Joseph Sommersning universitetdagi faoliyatini tashkil etish, unga qulay ishlash va yashash sharoitlarini yaratish hamda AQSH elchixonasi bilan ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.


Ulashish:
874
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...