Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
28/07/2022
Chop etish
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha vaqt berildi

2022-yil 27-iyul kuni 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Ma’lumki, test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.


Ulashish:
972
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
JDPU talabalari Mo‘ynoqdagi ekologik maskanlarga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga...
Kimyo ta’limida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kimyo ta’limini ilmiy tadqiqot, raqamli texnologiyalar va sanoat hamkorligi bilan uyg‘unlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.