Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/05/2020
Chop etish
To`lmay qolgan ko`nglimning o`rnisan “Ilm”

 

  Inson yashar ekan, atrof-muhitga o`zining odil va oqilona munosabatlarini  bildirish bilan birga, shu jarayonlarga  bevosita aloqador bo`lib xizmat  qiladi. “Bir xil fikrlash bu – fikrlamaslik, fikrlash esa shaxsiy jarayon”-  deydi mutafakkirlarimiz.  Mana  ikki oy davomida  ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari hamkorligida maktab o`quvchilarining bilim va ko`nikmalarini sinash, ular orasida mustaqil fikrlaydigan iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Nima deb o`ylaysiz…? ” ruknidagi insholar  tanlovi respublikamiz bo`ylab keng miqyosida o`tkazildi. Butun dunyo  tahlikali vaziyatda bo`lsa-da, muhtaram Prezidentimiz  Sh. M. Mirziyoyevning biz yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan e`tiborlari,  bu dolzarb masala ekanligi, yoshlar qanchalik ma`naviy barkamollikka erishsa, yod illatlardan shunchalik uzoq bo`lishlari  va  ko`rsatilayotgan imkoniyat va e`tibor har birimizni quvontiradi. Shu va shu kabi tanlovlar va tadbirlar  karantin sharoitida  bizning bo`sh vaqtimizdan unumli foydalanishga, o`qib izlanishga, mustaqil fikrlarimizni  yozma bayon etishga  undadi.  Olti yo`nalishda olib borilgan  jami 7000ga yaqin o`quvchilar ishtirok etgan, maqsadi yoshlarni erkin fikrlashga o`rgatish, mustaqil muammolarni yecha oladigan,  kreativ fikrli yoshlarni  aniqlashga qaratilgan  insholar  tanlovi   o`z navbatida  yurtimizning  yangi- yangi iqtidor va iste`dod egalarini kashf etdi.Tanlovga qo`yilgan talablar bizning  erkin fikrlashimiz, imloviy  savodxonlik darajamiz,  dunyoda yuz berayotgan o`zgarishlarga to`g`ri va to`laqonli munosabatlarimizni, ijodiy salohiyatimizni, dunyoqarashlarimizni  riyojlantirishga yordam berdi. Qiziqarli mavzularni o`zida jamlagan insholar, respublikamizning yuragi qaynoq yoshlarini uch bosqich 6-7, 8-9, 10-11-sinflar kesimida  o`z atrofiga birlashtirdi.Taklif etilgan  mavzularning  barchasi  qiziqarli bo`lishi  bilan birga, hozirgi kunimiz, hayotimiz bilan bevosita bo`g`liq tarzda tashkil etilgani har birimizning diqqatimizni tortadi.  Tanlovda quyidagi mavzular “Nima deb o`ylaysiz, siz sevib o`qiydigan asar  sizning hayotingizga  ta`sir qilganmi va qanday? ”, “Nima deb o`ylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz? ”, “Nima deb o`ylaysiz, tarixda  buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarini kelajakda siz ham qila olishingiz mumkinmi? ”, “Nima deb o`ylaysiz, insonlarda ezgulik va mehr  tuyg`ularini yanada rivojlantirish uchun nimalarni qilgan bo`lar edingiz? ”,“ Nima deb o`ylaysiz, karantin vaqtida maktab hayotidan ko`proq nimani  sog`inyapsiz ?” va men ijodiy salohiyatimni sinab ko`rgan  “Nima deb o`ylaysiz,  karantin davrida uyda o`zingiz oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz?” kabi bir -biridan   ajoyib mavzularni o`z ichiga olgan. Mutaxassislarning fikriga ko`ra,   yoshlarimiz  orasida  eng ko`p yoritilgan  “Nima deb o`ylaysiz kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz?” mavzusi ekanligi har bir o`g`il- qizning  hayotga bo`lgan munosabatini, o`zining alohida maqsadi bilan intilib yashayotganini anglatadi. Meni  “ Nima deb o`ylaysiz karantin davrida uyda qolib, o`zingiz, oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz ?” ruknidagi  mavzuni  yoritishimdan maqsad:  Biz, hech bir sohada  o`z-o`zimizga xiyonat qilmasligimiz kerakligini anglatish. Chunki bu mavzu hozirgi kunda nafaqat yoshlarimiz, balki  yetti yoshdan, yetmish yoshgacha bo`lgan yer yuzining barcha aholisi uchun juda ham dolzarb  bo`lib kelyapdi. Oxirgi olti oy davomida dunyo siyosatidagi keskin o`zgarish,  insonlarni  karantin degani faqat uyda qolish emas,  balki men va men kabi o`quvchi yoshlar  pandemiya  davrida uyda qolib,  “COVID – 19” ga qarshi  kurashib, vaqtdan unumli foydalanishi , uyda qolish bilan birgalikda gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilib,  yaqinlar bilan aloqani iloji boricha kamaytirib, hukumatimiz tomonidan joriy etilayotgan qarorlarni to`g`ri tushunishimiz kerakligini anglatadi. Bu bizni koronavirus ustidan g`alaba qilishimizga asos bo`ladi.Yozgan inshomda asosiy fikrni  imkon qadar,  inson sog`ligiga qaratganman,  chunki sog`lik bor joyda ish bo`ladi, rivojlanish, yuksalish bo`ladi. Shu o`rinda  Yevropa adabiyoti Navoiy asarlarini nimaga o`qishimiz kerak degan savolga, inson omilli  yuqori darajada ko`tarilganligi  sabab bo`lgani, va inson uchun eng katta boylik sog`lik ekani yuqoridagi  fikrlarimning  yorqin isbotidir. O`zbekiston  aholisining oxirgi ikki oyi  qattiq sinovli kunlarda   kechayotgani va sabr- toqat bilan bu kunlardan o`ta olishimiz, vaqtdan umumli foydalanishimiz  kerakligi  ko`rsatiladi.

O`ttiz sakkizta  yaxshi deb topilgan insholar, bitta rag`batlantiruvchi o`rin,  to`qqizta  g`olib ichidan  ikkinchi o`rinni olishim bu  mening emas, avvalo,  ta`lim maskanimdagi mehnatkash, jonkuyar  ustozlarimning  bergan yetarlicha bilim va ko`nikmalarining natijasidir. O`z navbatida,  biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va katta e`tibor uchun Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi  vakolatxonasi Dipa Shankar xonim , Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari, bundan tashqari  pandemiya sharoitida  6691ta inshoni  barcha mezon talablariga mos tarzda ko`rib chiqqan ekspert guruhiga, barcha o`qituvchilarimizga o`zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Vazirlar mahkamasi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari  Ulug`bek Negmatovich Tashkenbayev   bildirgan tabriklari, biz yoshlarga  berilgan yuksak ishonch, menga katta ilhom beradi.  Ularning “ Bu yoshlar kelgusida katta- katta  ishlarni amalga oshiradi… ” deya  ta`kidlashlari yuragimning  tubidagi  maqsadlarimga erishish yo`lidagi harakatlarimga kuch bag`ishladi. O`ylaymanki,  biz yoshlar uchun  ko`rsatilayotgan e`tibor, berilgan yuksak ishonch, ertangi nurafshon kunlarga katta  umid,  hayotimizga  dasturulamal bo`lib xizmat qiladi. Va kelajakda   jamiyatimizga  kerakli farzand bo`lishga, maqsadlarimiz sari olg`a borishga undaydi. YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi Dipa Shankar xonimning  Ta`lim inspeksiyasiga ushbu  tanlov hamkorlikda tashkil qilingani uchun minnatdorchilik bildirar ekanlar, videokonferensiya to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilayotganidan  foydalanib  barcha  ishtirokchilarga, O`zbekiston yoshlariga bildirgan  tabriklari,  har birimizning ko`nglimizga   faxr tuyg`usini uyg`otdi.To`g`ri, tanlov ishtirokchilari oz emas, ammo bu sonlar  yana-da ko`paytirilsa, sifatli ta`limni  yurtimizda yana-da  rivojlantirsak,  yurtboshimiz  umid qilgan XXI asrning Ibn Sinolarini, Xorazmiylar,  Beruniylar, Navoiylar  safini yanada ortirgan bo`lamiz. Zero, har bir yosh vujudidagi yurak duk- duk deb emas, yurt- yurt deb ursa,   O`zbekiston  bundan-da yuksak marralarga erishadi.

Aziz tengdoshim! Vaqt bebaho boylik undan unumli foydalaning, ilm esa  tortib olib bo`lmaydigan xazina uni yod g`oyalar bilan emas,  kerakli  bilimlar, ko`nikmalar bilan boyitib boring. Kelajak  erinchoq, dangasalar qo`lida emas, o`z sohasining bilimdonlari, yetuk mutaxassislar qo`lida bo`lishi kerak. Ertadan degan gapni qo`ying, izlanishlarni bugundan, hozirdan boshlang! Hazrat Bedil bobom aytganlaridek:

Fikrsiz aqlning  zangi bo`ladi,

Ilm-la  egovla yangi bo`ladi.

Oynadan ibrat ol bir kun artmasang,

Ustida  bir enlik changi bo`ladi.

 

  JDPI akademik litseyi 208- guruh  o`quvchisi

                            Abralova Nafisa

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 164
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.