Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari”

“XXI Century Skills in Language Teaching and Learning” International scientific-practical online Conference Jizzax davlat pedagogika institutida 2020 yil 24 aprel kuni Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida  xalqaro miqyosida onlayn ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.  Onlayn konferensiyada Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Buyuk Britaniyadan , Qozog‘istondan va Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi. Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika instituti rektori pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich ochib berdi. Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani f.f.d. professor A.Mamatov “Leksikalizatsiya va frazeologizatsiya hodisalarining o‘zaro munosabati”, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori J.Jalolov“Til ta’limida nazariya va amaliyot”,  Amerika qo‘shma shtatlari Chikago shahridagi Shimoli-sharqiy Illinoys Universiteti professori f.f.d. Ulug‘bek Nurmuhammedov“Onlayn lug‘at bo‘yicha qo‘llanma yaratish”, Qozog‘istondan Qozog‘iston Ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi prezidenti, Chimkentdagi Miraz Universiteti professori Tat’yana Letyaikina“Kognitiv ko‘nikmalar va Web 2.0 & 3.0”, Buyuk Britaniyadagi  Ekzeter Universiteti tadqiqotchisi F.Sharipov “O‘zbekistondagi Ingliz tili o‘qituvchilari uchun xorijda malaka oshirish dasturlari”,  Britaniya Kengashi ijrochi direktori Jamilya Gulyamova va Britaniya Kengashi Loyihalar menedjeri Olga Kim “#Uyda qoling Britaniya Kengashi bilan”, Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professori p.f.d. A.T.Nurmanov “O professionalnoy kompetensii prepodavatelya VUZa i novыx tendensiyax razvitiya metodiki prepodavaniya russkogo yazыka”, Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD. N.Muhitdinova “Ingliz tilini o‘qitishda adabiyotning o‘rni”, Jizzax davlat pedagogika instituti  Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Jabborova “Chet tilini o‘qitishda “Flipped Learning” texnikasining o‘rni” mavzusida ma’ruza qildilar.   Konferensiya ishi 5 sho‘bada ko‘rib chiqildi:
  1. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalari
  2. Til tadqiqida zamonaviy yo‘nalishlar
  3. XXI asrda chet tilini o‘qitish metodikasi
  4. Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari
  5. Chet tilini o‘rganishning psixologik asoslari
Konferensiya so‘nggida taqdim etilgan materiallar asosida XXI asrda tilni o‘qitish va o‘rganishning ko‘nikmalari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Ushbu konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda olib borildi.