Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

«TEAM University» filialida «7 th International Entrepreneurship Social Sciences Congress» xalqaro kongressi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston-Turkiya Oliy taʼlim muassasalari hamkorligida 20-22 iyun kunlari Toshkent shahridagi «TEAM University» filialida «7th International Entrepreneurship Social Sciences Congress» xalqaro kongressi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu kongressda Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov rahbarligidagi JDPI delegatsiyasi  ham ishtirok etishmoqda. Kongressning ochilish marosimida Jizzax davlat peddagogika instiuti rektori  Sh.S.Sharipov «Congress Opening Ceremony» mavzusida nutq soʻzladi.Kongress  Prezidenti Professor Himmet Karadal va TEAM University Co-prezidenti Dr. Erdogan Ekiz tomonidan esdalik sovgʻalari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Kongress davomida Chet tillar fakulteti oʻqituvchilari A.Jabborova, N.Boʻriyeva, D.Safarova, U.Fayzulleyalar oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Кongressda shuningdek ijtimoiy fanlarni oʻqitish, tadborkorlik, biznes, taʼlim menejmenti, taʼlimda xorijiy tajribalar kabi masalalar muhokama qilindi.