Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Tasviriy san’at fanini o‘qitishda integrativ yondashuv, o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish

Nurnazarov Xudoyberdi Doniyorovich – JDPU Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi  o’qituvchisi .     +99894 348-48-69         Annotasya.  Ushbu maqolada umumiy o’rta talim maktablari tasviriy san’at fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv asosida ularni rivojlantirishga  oid mulohazalar keltirilgan. Kalit  so’zlar:  kasbiy  kompetentlik  sifatlari,  pedagogik  mahorat  ,  kreativlik qobiliyat, integrativ yondashuv, O‘quv dasturlari va darslikda berilgan materiallarning o‘zaro integratsiya qilib o‘qitilishi bugungi kun talabidir.  Integrativ  yondashuv  ilmiylik,  kasbiy  yo‘nalganlik,  politexnizm,  uzviylik, muntazamlik,  tizimlilik,  ko‘rsatmalilik,  tushunarlilik,  tabaqalashtirish  kabi  didaktik prinsiplar  bilan  aloqadorlik  hamda  uyg‘unlikda  amalga  oshiriladi.  O‘z  navbatida integrativ  yondashuv  ham  hech  qachon  boshqa  didaktik  prinsiplarga  o‘xshab o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik va metodik masalalar yechimini aniqlaydi.   Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi  va  o‘rganish  b’ektining  yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy  didaktika  va  metodikada  ta’kidlanishicha,  o‘quvchilarni  o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini,  o‘z  faoliyatlarini  umumiy  tabiat  qonunlari  asosida  yo‘lga  solish zaruriyatini  tushunishlari,  tabiatshunoslik  kursida  fanlararo  va  fanlar  ichidagi aloqalarni  yecha  olishlari  bilan  bog‘liq.  Ta’limdagi  integratsiya  o‘quv  fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi.  Zamonaviy  o‘qituvchi  kasbiy  kompetentlik  sifatlariga  ega  bo‘lishi,  o‘z  ustida izchil  ishlashi,  kun  sayin  yangilanib  borayotgan  bilimlarni  o‘zlashtirishga  intilishi, o‘quv  axborotlarini  o‘quvchilarga  qiziqarli  tarzda  yetkazib  berish  uchun mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishga  ijodiy  yondasha  olishi  talab  etilmoqda[1]. Binobarin, global axborotlashuv ijtimoiy sub’ektlar, xususan, o‘quvchilar tomonidan ham istalgan ma’lumotni ixtiyoriy ravishda o‘zi uchun qulay sharoit va turli joydan axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday holatda ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati nihoyatda keng  bo‘lsa-da,  biroq,  shaxs  tomonidan  bu  tahlitda  o‘zlashtirilgan  axborotlarning barchasi  ham  bilim  sifatida  namoyon  bo‘lmaydi.  Chunki  bilimning  har  qanday axborotdan  asosiy  farqi  ma’lumotlarning  uayyan  sohalar  bo‘yicha  tizimli,  izchil, uzluksiz  hamda  maqsadga  muvofiqli  o‘zlashtirilganligi  bilan  belgilanadi.  Ta’lim tizimida  tom  ma’noda  o‘quvchiga  sifatli,  foydali,  muhim,  zarur,  kerakli  va  amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni tizimli ravishda yetkazib bera olishi uchun bugungi kun o‘qituvchi axborotlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va o‘quvchilarga samarali, qiziqarli tarzda yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur[2]. Bu esa o‘qituvchining kasbiy  kompetentlik  sifatlari,  pedagogik  mahorat  asoslari  hamda  kreativlik qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  zaruriyat  sifatida  bugungi  kunda  dolzarbligi  bilan  alohida ahamiyatga ega.  Buning  sababi  nimada?  Balki  darslarning  avvaldan  o‘ylab,  rejalashtirilib qo‘yilishi  o‘quvchilar  uchun  qiziq  bo‘lmayotgandir,  balki    ta’lim  mazmunining muayyan qolipga solinganligi o‘quvchilar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish,  o‘quvchilarda  tanqidiy,  kreativ  tafakkurni  shakllantirish  va  rivojlantirish, ularni  ijodiy fikrlash,  yangi  g‘oyalarni  o‘ylab topishga majbur qilish  ta’lim  olishga bo‘lgan  munosabatni  o‘zgartirish,  ularni  yutuqlarga  erishishga  rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.  Bugungi  kunda  jahonda  ta’limga  kompetensiyaviy  yondashuv  asosida bitiruvchilarning  raqobatbardoshligini  oshirish,  pedagog  kadrlarning    kreativ kompetentligini  rivojlantirish  orqali  ijodiy  ta’lim  jarayonini    loyhalashtirishning zamonaviy  metodik  ta’minotini  yaratish,  o‘qituvchilarda  kasbiy  faoliyat  sohalariga yo‘naltirilgan  kreativlik  qobiliyatlarini  rivojlantirish  asosiy  vazifalardan hisoblanmloqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy  ta’lim  mazmunini  internatsionalizatsiyalash  va  modernizatsiyalash, kompetensiyalarga  asoslangan  innovatsion  ta’lim  muhitini  shakllantirish,  interfaol o‘qitish  metodlari  va  texnologiyalarini  amaliyotga  keng  tatbiq  etish  asosida o‘qituvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin tutadi.  Kreativlik  (lot.,  ing.  “create  ”  –  yaratish,  “creative  ”  yaratuvchi,  ijodkor)  – individning  yangi  g‘oyalarni  ishlab  chiqarishga  tayyorlikni  tavsiflovchi  hamda mustaqil  omil  sifatida  iqtidorlilikning  tarkibiga  kiruvchi  ijodiy  qobiliyati  ma’nosini ifodalaydi[3].  Shaxsning  kreativligi  uning  tafakkurida,  muloqotida,  istuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan  xususiyatlarini,  zehni  o‘tkirlikni  tavsiflaydi.  Shuningdek,  kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.   Kreativlik  –  shaxsning  yaratuvchanlik,  ijodkorlik  xislatlarlari  bilan  bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik  o‘z  ichiga  muammolarga  nisbatan  yuqori  darajadagi  sezgirlik, intiutsiya,  natijalarni  oldindan  ko‘ra  bilish,  fantaziya,  tadqiqotchilik  va  refleksiyani qamrab oladi.  Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “o‘quvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga  faol  jalb  etishni  ta’minlaydi[4].  Ko‘rinib  turibdiki,  kreativlik  bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni  ta’sirida kechadi.  Shaxsga yo‘naltirilgan kreativ yondashuv o‘quvchilarda: – individual xususiyatlarini rivojlantiradi; –  mustaqil bilim oshirishga undaydi; –  ichki imkoniyat va qobiliyatini namoyon etishga undaydi; –  bilish faolligini oshiradi; – o‘quv materiallarni o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondashishiga o‘rgatadi; –  yangi g‘oyalarni ilgari suradi, ularni asoslaydi, o‘z fikrini erkin ifodalaydi va himoya qiladi; –  muammoli vaziyatlarga samarali yechimini topish malakasini o‘zlashtiradi. Kreativ  yondashuv  asosida  tashkil  etiladigan  darslarda  quyidagi  o‘qitish shakllaridan foydalaniladi: – ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, – aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash); – davra  suhbatlari  (ko‘rilayotgan  loyiha  yechimlari  bo‘yicha  taklif  berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);  bahs va munozaralar (loyihalar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish). Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Abdurasilov S.Tasviriy san’at o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T.Aloqachi.2007. 2.Xasanov R.Tasviriy san’at asoslari.T.2009.
  1. Xasanov R.Tasviriy san’atdan sinfdan tashqari ishlar.Ishonch nashr savdo.MChJ.2017 asoslari.T.2009.
4.Mavlonova R.Umimiy pedagogika. Darslik. Navro’z.2016.