Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2018
Chop etish
Taniqli halqaro ekpert Jizzax Davlat pedagogika institutida

Taniqli halqaro ekpert Jizzax Davlat pedagogika institutida

Jizzax davlat pedagogika institutiga bugun global oliy ta’lim bo‘yicha   halqaro ekspert Djamil Salmi tashrif buyurdi. Tashrif davomida rasmiy mehmon institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F. Jo‘raqulov tomonidan iliq kutib olindi. Muzokaralar chog‘ida taniqli ekspert olimga Jizzax davlat pedagogika instituti hayoti, o‘quv faoliyati, professor o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatiga doir batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda ekpert D. Salmi tomonidan institutning halqaro darajadagi reyting va nufuzini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Sho‘ o‘rinda D. Salmi bugungi kunda xalqaro ekspert sifatida bir nechta mamlakatlardagi  universitetlar, professional assotsiatsiyalarga, xalqaro va regional banklar va agentliklarga konsultativ xizmatlar taqdim etib kelmoqda. D. Salmi 2012 yilning 12 yanvariga qadar Jahon bankining oliy ta’lim masalalari bo‘yicha koordinatori lavozimida ishlab kelgan. Fan doktori D. Salmi 1994 yilda oliy ta’lim sohasida birinchilardan bo‘lib, Jahon bankining direktiv xujjatlarini yozgan, shuningdek, 2002 yil oliy ta’lim sohasida “Jamiyat bilimlarining qurilishi: Oliy ta’lim olish uchun yangi chaqiriqlar” (“Constructing Knowledge Societies: New Challenges for Tertiary Education”) Jahon banki strategiyasining muallifi bo‘lib hisoblanadi. Keyingi 23 yil davomida D. Salmi  95 ta mamlakatlarda moliyaviy islohotlar va oliy ta’lim tizimidagi universitetlar va davlat boshqaruvidagi rahbarlar uchun taraqqiyot stragiyasi yuzasidan maslahatlar berib kelmoqda. D. Salmi Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va boshqa bir qator universitetlarning halqaro  kuzatuv qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u oliy ta’limni akreditatsiyalash masalasi bo‘yicha xalqaro maslahat kengashining a’zosidir. Fan doktori D. Salmi Chilidagi Diego Portales Universitetining oliy ta’lim siyosati bo‘yicha faxriy professori va Boston kollejining Oliy ta’lim markazining ilmiy xodimi hisoblanadi. 2009 yilda D. Salmi “Halqaro darajadagi universitetlarni yaratish” kitobini chop etgan.    Uning professor Filipp Altbax bilan hammualliflikda yozgan  kitobi “ Akademik takomillashtirish sari yo‘l. Xalqaro miqyosdagi  tadqiqot universitetlarni yaratish” deb nomlanadi. Shu bilan birgalikda uning oxirgi kitobi 2017 yilda chop etilgan “ Oliy ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadi” deb nomlanadi. Faxriy mehmonga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirdan so‘ng mehmon bo‘lib turgan janob D. Salmi Jizzax shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi.

 


Ulashish:
1 120
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.