Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talabalikka baxtiga muyassar bo‘lganlar ….

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining kunduzgi bo‘limida 8061 nafar talaba yigit qizlar ta’lim olishadi. Joriy yil talabalik sharafiga munosib deb topilganlar esa 2180 nafarni tashkil etadi. Oliygohda 10 ta fakultet o‘z yo‘nalishi bo‘yiicha faoliyat yuritadi. Bugungi 1-kurs talabalari bilan tanishuv marosimiga Tarix, Maktabgacha ta’lim va O‘zbek tili va adbiyoti fakultetlariga o‘qishga qabul qilingan yoshlar taklif etildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

  

O‘quv yilining ilk dars soatlarini hayajon bilan boshlagan talaba yoshlar uchun institutning ijtimoiy hayoti juda qiziq. O‘tilayotgan har bir dars soatlari va joiz bo‘lsa har bir dars xonalari yangilikdir. Talabalar bilan tanishuv marosimi ham aynan shu bois o‘tkazilayotir. Bugun bu erga yig‘ilgan ustozlar talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berish bilan bir qatorda o‘z jamoalarini ham tanishtirib o‘tishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Sa’natshunoslik fakultetining birinchi kurs talabalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar , badiiy chiqishlar esa kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
 
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati