Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/05/2026
Chop etish
Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Kahoot raqamli platformasi orqali talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada jami 600 nafar talaba ishtirok etdi hamda o‘yinlar 3 tur asosida tashkil qilindi.

Har bir tur yakuniga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafardan talaba g‘olib deb topildi.

Turnir jarayonini Yoshlar ishlari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Qo‘shmurodov ochib berib, bugungi kunda universitetda talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

 

Mazkur intellektual loyiha yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda kelajakda intellektual va tashabbuskor yoshlar safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
23
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Kahoot raqamli platformasi orqali talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada jami 600 nafar talaba...
JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.