Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/05/2026
Chop etish
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka va malaka oshirish kurslariga yuborish yuzasidan belgilangan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda

Malaka oshirish kurslari 11-maydan 25-mayga qadar davom etadi.

Professor-o‘qituvchilar quyidagi mezonlar asosida saralab olindi.

Mentorlarning pedagogik mahorati tanlovi hamda “Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv va innovatsion ta’lim metodlari” mavzusidagi test sinovlarida yuqori natija qayd etgan mentorlar:

• Julboyev To‘lqin Abduvaliyevich — Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
• G‘aniyeva Xayriniso Baxtiyorovna — Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi
• Abilov Muslim Normuhammadovich — Musiqa kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Turg‘unov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li — Fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi
• Kenjayeva Sanobar Ibragimovna — Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
• Mo‘minova Gulchehra Ismoilovna — O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Farsaxonova Dilafruz Rizaxonovna — Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti
• Haydarova Surayyo Abdusalomovna — Geografiya kafedrasi dotsenti
• Uralova Nigora Abduvaliyevna — Roman-german tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Isaqulov Mamadoli Ro‘zimurodovich — Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li — Umumiy tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi

 “Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv va innovatsion ta’lim metodlari” mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan 1-testda yuqori natija ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar:

• Jo‘rayev Shukrullo Alishboyevich — O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
• Yo‘ldoshev Farhod Baxtiyor o‘g‘li — Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti
• Xummamatova Kamola Xayrullayevna — Matematika kafedrasi o‘qituvchisi
•Tangirov Xurram Ergashevich — Axborot texnologiyalari va tizimlari kafedrasi dotsenti
• Majidov Jasur Baxtiyarovich — Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

 Uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslari doirasida tashkil etilgan ingliz tili darslarida faol qatnashib, yuqori natija qayd etgan professor-o‘qituvchilar:

• Bozorboyeva Zuhra Abduraximovna — Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
• Quvnaqova Guljahon Antarovna — Axborot-resurs markazi bo‘lim boshlig‘i
• Shukurova Feruza Xidirovna — Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
• Jumayeva Feruza Uralovna — O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti
• Karimov Namaz Mamasaliyevich — Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
• Xasanova Nigora Daniyarovna — Axborot texnologiyalari va tizimlari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturi JDPUda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga samarali tatbiq etish, professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv va innovatsion ta’lim metodlari hamda xalqaro ta’lim amaliyotlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, ularning xalqaro maydondagi kasbiy raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Jizzax davlat pedagogika universiteti xalqaro hamkorlik va akademik salohiyatni rivojlantirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda.


Ulashish:
139
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka va malaka oshirish...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari boshlandi.
Xotira va qadrlash – yuksak ehtirom
Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Jizzax shahridagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.