Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2022
Chop etish
Talabalar bilan  yaqindan tanishuv tadbirlari davom etmoqda.

Institut “Madaniyat saroyida” bo‘lib o‘tgan  navbatdagi tadbirga universitetning O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga talabalikka tavsiya etilgan birinchi kurs talabalari  taklif etildi. Talaba yoshlarni Oliygohdagi  mavjud shart-sharoitlarga ko‘niktirish, moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha  tashkil etilgan tanishuv tadbirni  Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Ziyoda Abduvalieva ochib berdi. U o‘z so‘zida  talaba yigit qizlarni talabalik unvoni bilan tabriklash bilan bir qatorda universitet faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Haqiqiy talaba albatta yuqori natijalarga erishib iqtidori va turli g‘oyalarini namoyish etishni istaydi. Buning uchun oliygohda barcha sharoitlar mujassam. Oliygohning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplyans nazorat bo‘limi boshlig‘i Abutolib Umrzoqov bu borada talabalarga ma’lumot berish bilan bir qatorda, korrupsiyaning oldini olish, adolat va shaffoflikni ta’minlashda talaba yoshlar bian yaqindan hamkorlik qilish ijobiy samara berishini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalarga universitetning strukturasi, tarixi, fakultetlari va jamoasi tanishtirilib, universitetning ichki tartib-qoidalari, talabalar turar joylarida axloq odob normalari shuningdek, to‘lov kontrakt tizimi to‘g‘risida batafsil ham   ma’lumotlar berildi. Talabalarni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish  tadbiri yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishdi. Savolarga Profilaktika inspektori Abdulakimov Sanjar, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Begzod Nomozovlar batafsil javob berishdi.

 


Ulashish:
882
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.