Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/03/2020
Chop etish
Talaba ijodi…

Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi yoʻnalishini  109- guruh tolibi Poʻlatov Navroʻz

Boʻsh vaqtlarida sheʼrlar yozib turadI. Navro‘zbek  sahifamizga o‘z ijodlaridan namunalar yuboribdi.

 

Toʻrtlik

Koʻchada yuribti virus tentirab,

Kimga tegishini bilmaydi oʻzi.

Koʻzga koʻrinmaydi,boʻlmaydi ushlab,

Na qulogʻi bordir na bordir koʻzi.

 

Uyda qoling

 

Virus yaqin yoʻlamaydi,

Hech bir ogʻriq qiynamaydi.

Dunyo ishi tugamaydi,

Uyda qoling,uyda qoling.

 

Qancha ishlar qilinmadi,

Bu soʻzlarni kim aytmadi.

Hali davo topilmadi,

Uyda qoling, uyda qoling.

 

Sira chiqmang koʻchaga,

Aylanmang bir oʻljaga.

Avval sogʻlik  barchaga,

Uyda qoling, uyda qoling.

Navroʻz Poʻlat

 

KARONAVIRUS

 

Na qilasan bu yerga kelib,

Yuribsanmi bu yurtda xanuz.

Ketgin,ortga hech qaytmas boʻlib,

Qanday ofat boʻlding sen virus.

 

Yuqtirganlar zavqi yoʻqoldi,

Ne qilarin bilmasdan qoldi.

Hatto bayram boʻlmasdan qoldi

Qanday balo boʻlding eh virus.

 

Sen keldingu,joʻshqinlik tindi

Seni bitdim,qalam ham sindi.

Yoʻqol deya ming bor aytildi,

Qanday ofat boʻlding sen virus.

 

Tutib olding koʻp yerni makon,

Bu yerlarda qolmaysan omon.

Ibn sino vatani bu yer,

Bu yerlarda senga yoʻq imkon.

Seni yoʻq qilar Oʻzbekiston!

 

Navroʻz Poʻlatov


Ulashish:
936
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.