Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2020
Chop etish
Talaba ijodi…

Aziz talabalar! bugundan boshlab kanalimizda » Talaba ijodi» sahifasini berib boramiz. Sahifamizning ilk qahramoni Maktabgacha ta’lim faulteti talabasi Pokiza Quvondiqovadir.  U sahifamizga o‘zi yozgan she’rlarini  namunalar yo‘llabdi. Agar siz ham bo‘sh vaqtlaringda nazm va nasr yo‘nalishida ijod qilsangiz bizga yo‘llang institut telegram kanali va» Rektor talabalar» kanalida  ravishda yoritib boramiz. Faol bo‘ling.  Uyda qolib, o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!

Onajon…

Boringizga shukur deyman borim onam

Mehri buloq so’zi qaymoq jannatginam

Qadrdonim qorachig’im yakkaginam

Makkam onam Madinaginam

Goho bilib goh bilmayin hafa qildim

Qadringizni o’ylamasdan qalbiz tildim

Ko’cha ko’yni ba’zan sizdan ustun qo’ydim

Mehr bog’iz bir-bir bosib hazon qildim

Eh men telba qanday qilib farzand bo’ldim?

Sochlarida oq  popuklar kokil taqdi

Yuzlarida xudbin ajin kulib qalqdi

Hur yoshligi almashibdi keksalikka

Nega avval xech sezmadim bugun sezdim

Shoshqin yillar o’tinaman qaytib bering yoshligini

Yoshligiga qaytsin mening bardoshligim

Siz do’stlarim bilib – bilmay xato qilmang

Onangizdan duo olib xech ham tolmang

Kelajagiz poydevorin mustahkamlang

Erta tarix qaytib kelsa , ajablanmang !

 

 

Kutaman…

Men uni kutaman

Undan sado yo‘q

Bechora qalb uchun bitta nido yo‘q

Yo‘qlikda yo‘qotdim

Zulmatda qotdim

Bepisand ko‘ngildan

Zolim nafratdan

Xudbin nigohlardan

Dovdirab qotdim

Ko‘nglim sevar edi

Uning borini

Undagi borliqda

Yashnab ketardi

O‘zini yel bilib uni parvona

Ko‘nglin olmoq uchun xandon otardi

Eh bechora ko‘ngil

Uni kutadi

Uni kutib  turib kuni o‘tadi

Jizzax davlat peadgogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 148
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...