Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2017
Chop etish
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil nomini e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon qilindi.

Yig‘ilishda parlament rahbariyati va a’zolari, O‘zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda nutq so‘zladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni O‘zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

«Bu masala bo‘yicha ko‘p o‘yladik, ko‘p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko‘plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o‘rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi, ko‘p muammolar bor yo‘l yo‘q, svet, gaz yo‘q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdik-ku? Nom qo‘yishda juda o‘yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko‘chaga yozib qo‘yish emas bu.

Men yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili , deb nom berishni taklif etaman.

Yangi fikr, g‘oya, innovatsiya bo‘lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilishi kerak», dedi prezident.


Ulashish:
1 794
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.