Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Sharof Rashidov tavallud kuniga bag’ishlandi

Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyida bolalar va o’smirlar o’rtasida karate bo’yicha “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi”ga bag’ishlangan sport musobaqasi o’tkazildi. Jizzax shahri mezbonlik qilgan bellashuvda mezbonlar, Baxmal, Zomin, Do’stlik, Paxtakor, SH.Rashidov tumani vakillari bilan o’zaro kuch sinashdi. Jizzax viloyat Karate milliy federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning ochilishida federatsiyasi rahbari Komil Bozorov tomonidan mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishiga qaratilayotgan doimiy e’tibor o’z samaralarini berayotgani, yurtimizning barcha hududlarida foydalanishga topshirilgan zamonaviy sport inshootlarida minglab o’g’il-qizlar o’zi istagan sport turlari bilan muntazam shug’ullanish imkoniyatiga ega ekanligi haqida alohida ta’kidlab o’tildi. Mazkur musobaqa iste’dodli yosh sportchilarni saralash, respublika va xalqaro turnirlarga bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 50 nafarna yaqin sportchi yakkama-yakka kurash bo’yicha o’zaro raqobatlashdi. Karatening “Kumite” bahslarida 12-13 yoshlar o’rtasida Bo’tayor Mamatqulov faxrli 1-o’rinni, 2-o’rin Murod Begimqulov, “Kata”, ya’ni ko’rgazmali chiqishda qizlar o’rtasida 1-o’rinni Gulzoda Tojiboyeva, 2-o’rin Sevinch Mamatqulovaga nasib etdi. SHuningdek, 6-7 yoshli bolalar o’rtasidagi “Kumite” bahslarida 1-o’rin Ibrohim Abdurahmoyeov, 2-o’rin Javohir Nurillayev, 3-o’rin Mehroj Mo’minjonovlar g’olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Murosasiz kechgan bahslarda raqiblarimni mag’lubiyatga uchratib, birinchi o’rinni egallaganimdan xursandman, – deydi B.Mamatqulov. – Ushbu musobaqa tajriba va mahoratimni oshirishga, kelgusida bundanda nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishimga xizmat qiladi. Umumjamoa hisobida murabbiy Furqat Tangirov boshchiligidagi Jizzax shahar klubi sportchilari birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. SH.Rashidov tuman sportchilari ikkinchi, Zomin va Baxmal tuman jamoalari uchinchi o’rinni egalladi.

Farrux Kushakov,

Jizzax viloyat Karate milliy federatsiyasi a’zosi