Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2020
Chop etish
Rektor va talabalar uchrashuvi davom etmoqda.

Xabaringiz bor davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra mamlakatimizda xotin qizlar uchun 2020-2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariag kirish uchun 4 foizlik davlat granti ajratilgan edi. Bugun bu imkoniyatdan respublikamizning turli go‘shalarida istiqomat qilayotgan 940 nafar xotin-qizlar foydalanib talaba bo‘lishdi.

Jizzax viloyati, Paxtakor tumani “Ulug‘bek” MFYda istiqomat qiluvchi Odilovlar oilasida bugun juda quvonchli kun. Ularning dilbandlari Farangiz Karimova A.qodiriy nomidagi  Jizzax davlat pedagogika institutining “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetiga   grant asosida o‘qishgaqabul qilindi. Xonadon bekasi Umida opa biz bilan suhbatda shunday dedi:

– meni bugun juda xursandman, qizim grant asosida talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ldi. Bugun bizning xonadonimizga Jizzax davlat pedagogika institutining rahbariyati kelib tabriklab ketgani  esa yanada quvontirdi. Har bir ona farzandini komil inson bo‘lib voyaga yetishini chin dildan istaydi. O‘ylaymanki mening dilbandim Farangiz yurtboshimiz bildirgan ishonchni  oqlaydi, a’lo baholarga  o‘qib o‘z kasbining haqiqiy ustasi bo‘ladi.

Sevinch Temirxonova ham Farangiz Karimova kabi  Paxtakor tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan taqdim etilgan kvota asosida talabalik safiga qabul qilindi. Jizzax davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirgan Sevinch Temirxonova minatdorchiligini shunday ifodalaydi:

-Bizga g‘amxo‘rlik qilib mana shunday imkoniyatlarni taqdim etgan yurtboshimizga minnatdorchiligimni bildiraman. Rostini aytsam bunday natijaga erishishimni kutmagandim, bugun judayam xursandman. Menga havas ko‘zi bilan qarayotgan tengdoshlarimga ham mana shunday baxt nasib etishini tilayman.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax viloyatidan 16 nafar xotin-qiz oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 4 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilingan. Institut rektori talabalarning har biri bilan uchrashib, ularga o‘qish davomida yuksak natijalarga erishishni tilash bilan bir qatorda  oliy ta’lim  rahbariyatining esdalik sovg‘alarini ham  topshirdi.


Ulashish:
910
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.