Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/02/2020
Chop etish
“Qizil kitob”ning  yaratilish tarixi,  bugungi holati… JDPIda bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi .

Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi? O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ining tarixi va buguni, uning yangilanib borish jarayonlari qanday? Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat Saroyi “da bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zFA Botaniki instituti olimlari, akademik K.Tojiboev, professor H.Shomurodov  Jizzax davlat pedagogika instituti “ Tabiiy fanlar “ fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan  O‘zFA Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboev O‘zbekiston florasi, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yo‘qolish xavfida bo‘lgan o‘simliklar, yangidan nashr etilayotgan «Qizil kitob», shuningdek botanika fanida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar  va ularning qay tarzda  yo‘qolib ketayotganini aniqlash ishlari “Qizil kitobga adashib kirib qolgan turlar,  kiritilishi lozim va tavsiya etilayotgan turlar xususida ma’lumotlar berdi.

Qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga boy ilmiy seminar so‘ngida talaba yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi

                                                                                                                                                                               Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 146
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...