Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi? O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ining tarixi va buguni, uning yangilanib borish jarayonlari qanday? Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat Saroyi “da bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zFA Botaniki instituti olimlari, akademik K.Tojiboev, professor H.Shomurodov Jizzax davlat pedagogika instituti “ Tabiiy fanlar “ fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Seminarda so‘zga chiqqan O‘zFA Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboev O‘zbekiston florasi, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yo‘qolish xavfida bo‘lgan o‘simliklar, yangidan nashr etilayotgan «Qizil kitob», shuningdek botanika fanida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va ularning qay tarzda yo‘qolib ketayotganini aniqlash ishlari “Qizil kitobga adashib kirib qolgan turlar, kiritilishi lozim va tavsiya etilayotgan turlar xususida ma’lumotlar berdi.
Qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga boy ilmiy seminar so‘ngida talaba yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati