Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2021
Chop etish
O’zLiDeP va “Huquqshunos” to‘garak a’zolari bir maydonda…

“Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi qoshidagi “Huquqshunos” to‘garak a’zolari hamda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bilan hamkorlikda  tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi. Tadbirda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax viloyat bo‘limi ichki audit bo‘lim boshlig‘i P. Yusupov va Sharof Rashidov tumani pensiya jamg‘armasi raisi o‘rinbosari I. Boymurodov,  O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi deputati A. Xo‘jakov,  O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi deputatlik guruhi bilan ishlash bo‘lim mudiriX. To‘raev, Jizzax shahar  “Uchariq” MFY raisining nuroniylar bo‘yicha o‘rinbosari, mehnat fahriysi I. Azimovlar ishtirok etishdi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demoratik islohotlar va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ijtimoiy siyosat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalasi dolzarb vazifalardan biri ekanligi hech kimga sir emas.  Xususan, O‘zbekiston Respublikasining bosh huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiyamizda ijtimoiy himoya va aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va muhofaza qilish borasida davlat siyosati kafolatlab qo‘yilgan bo‘lib,  tom ma’noda bu tarix zarvaraqlarida shakllanib, sayqal berib kelinayotgan va yosh avlodga me’ros sifatida qoldiriladigan buyuk milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan xususiyatlarimizdandir.

 

Shu boisdan,  ma’naviy va huquqiy, siyosiy madaniyatimizni yuksaltirishda  ma’naviyat targ‘ibotchilari keska nuroniy otaxonlarimiz va halqparvar deputatlarimiz va ijtimoiy muassasa va jamoat tashkilotlarining o‘rni biqyosdir. To‘garak a’zolariga mazkur tadbir davomida pensiya jamg‘armasining mas’ul xodimlari tomonidan pensiya va nafaqaga oid me’yoriy xujjatlar, pensiya va nafaqalarni tayinlash taritibi, pensiya va nafaqadagilarga imtiyozlar va yaratilayotgan shart sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. To‘garak a’zolari tomonidan  pensiya va nafaqalar tayinlash  tizimida mavjud muammolar va aholi orasida tez tez uchrab turayotgan va tashvishga solayotgan to‘siq va kamchiliklar yuzasidan mutaxassislarga savollar berishi tadbirning yanada ko‘tarinki bo‘lishiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Shundan so‘ng, Uchariq MFY rasining nuroniylar bo‘yicha o‘rinbosari I. Azimov tadbirda so‘zga chiqib, to‘garak a’zolari va tadbir ishtirokchilariga  Yangi O‘zbekistonda aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshiralayotgan islohotlarda keksa nuroniylarning o‘rni va roli, yosh avlodni komil shaxs va vatanparvar farzandlar qilib tarbiyalashda nuroniy va faxriy keksalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarish va yangilanishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tadbir yakunida O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi deputati A. Xo‘jakov to‘garak a’zolariga yoshlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida deputat va yoshlar uchrashuvining ahamiyati,  aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini mufoza qilish borasida sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va rejalar to‘g‘risida so‘zlab, talaba kreditlarni olishda va bir qator yoshlarning muammolarini tinglab, ularga deputatlik mas’suliyati bilan yordam berishga kelib olindi.

Inson qadri uchun g‘oyasi asosida tashkil etilgan tadbir  to‘garak a’zolariga   O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari topshirilishi bilan yakunlandi.

 


Ulashish:
606
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.