Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/06/2022
Chop etish
 “OCHIQ OSMON OSTIDAGI MAKTAB” IJTIMOIY LOYIHASI muhabbat va bag‘rikenglik kabi abadiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etdi.

Jizzax shahridagi 5 sonli ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli davlat  maktabgacha ta’lim tashkiloti bog‘i shu kuni boshqacha jonlandi. Imkoniyati cheklangan bolajonlar mehri cheksiz tarbiyachi opalari, ota-onalari va mehmonlar bilan  birgalikda bag‘rkenglik bayramini nishonlashdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar ham boshqalar qatori ta’lim olishga va mavjud imkoniyatlardan foydalanishga haqli. Ularning ta’lim tarbiya olib hayotda o‘z o‘rnini topib ketishi esa tarbiyachi va maxsus mutaxassislarning sa’y-harakatlari va mashaqqatli mehnatiga bog‘liq. Ko‘rib turganingizdek Maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti  oddiy bog‘chalardan farq qiladi, chunki bu yerda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiya  olishadi. Ularni sog‘lomlashtirish, nutqini, eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirish,  esa tarbiyachilardan alohida mas’uliyat va mahorat talab qiladi. Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi, Oila va xotin qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti,  Jizzax viloyati hokimligi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligda tashkillashtirlgan ushbu tadbir  oilada nogironligi  bo‘lgan bola ruhiyatiga, rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etish, imkoniyati cheklangan bo‘lgan bolalarni birlashtirishga, ularning psixologik jarayonlari va shaxslararo munosabatlar ko‘nikmasi rivojlantirishga,  bolalarda ta’lim olish va kasb tanlash motivatsiyasini oshirishga, xotin-qizlar faollarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.

-Bu kabi tadbirlar imoniyati cheklangan bolalarning qobiliyatlarini aniqlashga, bugungi kunda noyob qadriyatlarimizdan biriga aylanib borayotgan mehr-oqibat singari fazilatlarning yanada chuqur ildiz otishiga, bolaning jismoniy va psixologik holatining ijobiy tomonga o‘zgarishiga, shu bilan birgalikda uni qo‘llab-quvvatlayotgan onalariga, otalariga yanada e’tiborli faol bo‘lishga, ko‘proq mehr berish kerak ekanligini his qilishiga xizmat qiladi desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman- deydi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, senator Z.Mahkamova

-Butun respbulika bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan bu ijtimoiy loyihadan kutilgan natijalardan biri shuki mahallalarda imkoniyati cheklangan farzandalari bor oilalar bilan yanada yaqindan muloqot qilish. Bu loyiha tom ma’noda “oila maktabi” ni shakllantiradi.  Bolajonlarning ijodiy chiqishlari, ularning qo‘l mehnatlari yoramida yaratilgan ko‘rgazmalarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi.        Bayramga aylanib ketgan bu tadbir biz kattalar va bolalarga birdek zavq ulashdi. Bunday loyihalar to‘xtab qolmasligi  kerak, chunki bu tadbir zamirida muhabbat bor, mehr bor…. Bola uchun esa  eng yaxshi dori- bu mehribon, ota-onaning borligi va e’tiboridir,- deydi Oila va ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari  O.Musurmonova

Tadbir turli intellektual, xususan “Quyoshli texnologiya” mashg‘ulotlari bilan ham qiziqarli o‘tdi.Imkoniyati cheklangan bolajonlar tarbiyachi opalari yordamida yig‘ilganlarga badiy konsert dasturini namoyish etishdi.

-Tadbirning kirish qismida Usmonjon ijrosidagi doira zarbi, kuyga mos harakatlar bilan yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan Soliha ismli qizaloqning raqslari, Humoyujonning o‘tkir zehni qalbimni zabt etdi.  Ularning g‘ayratli, shodon kulgulari, iliqlik olib kirdi. “Biz bir jamoamiz, biz turlimiz, biz tengmiz” guruhining ko‘ngillilari, onalar va dadalar  farzandlarining hatti harakatlaridan biz kabi  hayratga tushishdi, balki ular o‘z farzandlarining mana shunday iqtidori va qobiliyatlari borligini ham bilishmagandir  Quvonarlisi, bugun bu tadbirda hech kim  chetda turmadi. Aminmanki, bu yerga turli maqsadlarda kelganlar qiziqarli mashg‘ulotlar, psixologlar va mutaxassislar olib borgan trening va suhbatlar natijasida  har qanday holatda ham bolalalarni sevish, ularga do‘st va sirdosh bo‘lish lozimligini yana bir bor dildan his qilishdi,-deydi institut rektori Sh.Sharipov

 

 

O‘zida ezgu qadriyatlarni jamlagan, yakdil, bolajon qalblarni birlashtiraolgan,  xayrli niyatlarni ko‘zlagan  tadbir kutilgan natija bilan nihoyalandi. Eng asosiysi bu yerga ma’yus kirib kelganlar, xursandchilik bilan chiqib ketishdi.

 

 

                   Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
830
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.
JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...