Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

O’QUVCHILARGA XALQ HUNARMANDCHILIGINING TARAQQIYOTI HAQIDA TSHUNCHALAR BERISH.

Boymirzaeva O., Xudaynazarova O’. – o’qituvсhilar  A.Qodiriy nomidagi JDPU, Jizzax sh.          Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq hunarmandchiligining kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari to’g’risida o’quvchilarga tushuncha berish haqida fikir yuritiladi. Kalit so‘zlar: Xalq hunarmandchiligi, paleolit davri, mezolit davri,   neolit davri, eneolit davri, bronza davri, temir asri, temirchilar, quruvchi lar, duradgorlar, tosh yo‘nuvchilar, kunchilar, kemasozlar. Аннотация: В данной статье рассматривается дать учащимся представ ление о происхождении, историческом развитии и этапах развития народных промыслов. Ключевые слова: народные промыслы, палеолит, мезолит, неолит, энеолит, бронзовый век, железный век, кузнецы, строители, плотники, камен щики, столяры, корабелы. Insoniyat tarixida mehnat taqsimoti, qo‘shimcha mahsulotlarning vujudga kelishi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikning rivojlanishi hunarmand chilikning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xalq hunarmandchiligining tarixi va rivojlanish bosqichlari insoniyatning uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Jumladan O’zbekiston xalq hunarmandchiligining dovrug’i  butun jaxonga yoyilgan, ularga bag’ishlab ko’plab kitoblar, albomlar, risolalar chop etilgan. Bu shuxrat gulchambarida dastavval, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida gi tarixiy obidalar alohida o’rin egallaydi. Shuningdek Farg’ona vodiysi va yurtimiz ning boshqa vohalari ham xalq hunarmandchiligi sohasida o’z o’rniga ega. Xalq hunarmandchiligini tarixi va rivojlanish bosqichlari hech bir kishini befarq qoldir maydi. Mazkur maqolada xalq hunarmandchiligining kelib chiqishi, tarixiy taraqqi yoti va rivojlanish bosqichlari haqidai o’quvchilarga tushuncha berish haqida fikir yuritiladi. 8-sinf texnologiya va dizayn yo‘nalishi xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo’limida “O‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixi, rivojlanishi va istiqbollari” mavzusiga (1soat) vaqt ajratilgan. Dastlab aynan, ana shu xalq hunarmandchiligining  qadimgi davr qachondan boshlanganligi xaqida o’quvchilarga tushunchalar berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Dastlabki hunarmandlar yovvoyi va uy hayvonlari terisini ajratib olish va ulardan charmlar tayyorlash, daraxtlar ning po‘stlog‘idan uy buyumlarini to‘qish va loydan ro‘zg‘or uchun idishlar yasash bilan shug‘ullanishgan. Vaqtlar o‘tishi bilan bunday tabiiy material (xomaki ashyolar) ni qayta ishlashning ilk uslub va usullari yanada mazmunli bo‘lib bordi va nafaqat ichki talablar, balki estetik ehtiyojlarni qondirishga ham imkon bera boshladi. Shuningdek, mehnat qurol va asbob-uskunalari ham takomillashib bordi, ularning ishlatilishi ham mos holda ishonchli va qulay bo‘lib bordi. Insonlar buning uchun xomashyo sifatida o‘zlari yashayotgan joyga yaqin bo‘lgan– loy, tosh, yumshoq metal bo‘lakchalari, yog‘ochlardan foydalanganlar. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-3,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini ko‘rsatadi va bu davr kadimgi paleolit davri deb ataladi. Bu davr va undan keyingi mezolit davri odamlarning termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o‘zlashtirish, iste’mol qilish xo‘jaligi deb ham ataladi. Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o‘zlari yaratishga asoslangan turmush tarzi, ishlab chiqarish xo‘jaligi shakllan gan bosqich deb ham ataladi. Demak, hunarmandchilik taraqqiyoti neolit davridan, ya’ni miloddan avvalgi 6-4 minginchi yillardan boshlangan. Bu davrda tosh qurollari orasida toshboltalar, ponalar, iskanalar, toshteshalar paydo bo‘ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. Eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o‘zlashtirilgani uchun toshmis davri deyiladi, u miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yuz berdi. Bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o‘zlashtirilgan davr miloddan avvalgi 3-2 minginchi yillarni o‘z ichiga oladi. Ajdodlarimiz undan pishiq va qattik, mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o‘zlashtirib oldilar. Miloddan avvalgi bir minginchi yillar boshlari da temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning o‘zlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehkonchilik bilan, boshqalari chorva chilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanadilar. Ular o‘rtasida dehqonchilik , chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash kengayib bordi. Bu esa, o‘z navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaxarlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijti moiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz berdi, dastlabki shaharlar pay do bo‘ldi. Arxeolog olimlarning sunggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadi gan bo‘lsak, O‘zbekiston xududida bronza davridayoq, miloddan avvalgi 2 mingin chi yillik o‘rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo‘lgan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoq dalar. Ular o‘z taraqqiyotida ibtidoiy to‘da, urug‘ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ruztor va turli xil bezak buyumlari yasashgacha ko‘tarildilar. Yalang‘och xolda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g‘orlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloq-qishloq bo‘lib yashashgacha bo‘lgan uzoq ijtimoiy rivojla nish davrini boshdan kechirdilar. Yuqoridagi taraqqiyot jarayoni hunarmandchilikning qanchalik qadimiy faoliyat soxasi ekanligini ko‘rsatadi. Hunarmandchilik o‘z taraqqiyoti jarayoni da uy hunarmandchiligi, buyurtma va bozorga asoslangan hunarmandchilik shakl larini bosib o‘tdi. Hunarmandchilikning bunday bosqichlarni bosib o‘tishiga ijtimoiy mehnat taqsimotlari katta turtki bergan. Miloddan avvalgi XVIII asrda Vavilon shoxi Xammurapi qonunlarida temirchilar, quruvchilar, durad gorlar, tosh yo‘nuvchilar, kunchilar, kemasozlar haqida so‘z yuritiladi. Hunar mandlar kunbay tulov asosida ishlaganliklari haqidagi ma’lumotlar kelti riladi. Mamlakatimiz hududida rejali iqtisodiyot davrida hunarmandchilik taraqqiyoti umuman to‘xtab qoldi. Bu davrda hunarmandchilik ma’muriy ravish da so‘ndirildi. 1926 yili umumiy aholi orasida yakka dehqonlar va birlashma gan hunarmandlar 80,2 foizni, ishchi va xizmatchilar esa 19,8 foizni tashkil etgan. Shu yillarda hunarmandlar majburiy tarzda artellarga birlashtiril dilar va sanoatlashtirish tugashi bilan yuqoridagi ko‘rsatkich keskin o‘zgarib, 1939 yilda ishchi va xizmatchilar soni 32,2 foizga teng bulgan, dehqon hamda birlashmagan hunarmandlar esa 2,9 foizni tashkil etgan. 1956 yilda Ittifoq xukumati «Hunarmandlar kooperatsiyasini tugatish to‘g‘risida» qaror qabul qildi va hunarmandchilik mahsulotlarini turli texnik vositalar, stanoklar orqali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib yakka tartibdagi hunarmandlar majburiy tarzda hunarmandchilik fabrikalariga birlashtirildilar. Natijada 60-yillar boshida O‘zbekistonda hunarmand chilik ishlab chiqarishida band bo‘lgan aholi soni shu qadar keskin kamaydiki, bu ko‘rsatkich xalq xo‘jaligida band bo‘lganlar umumiy sonining 0,1 foiziga ham yetmadi. Keyinchalik xunarmandlar umuman hisobotga kiritilmadilar. Hunarmandchilik mahsulotlari fabrikalarida ishlab chiqarilayotgan mah sulotlarning sifatiga nisbatan saloxiyati keskin o‘zgardi, mehnat unumdor ligi pasayib ketdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng hunarmandchilikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Maxkamasining bir qator qarorlari natijasida O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy uyushmalar, jamiyatlar, ularning bo‘limlari va korxonalari ham mustaqil faoliyatni boshlagan. Hunarmandchilikning tarixiy ildizlari rivojlanishi va taraqqiyoti natijasida O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik rivojlangan. Milliy hunarmandchilikning turli sohalarini o‘rganishda o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar va ularda ijodkorlikka qiziqish uyg‘onadilar: -ma’lum kasb-hunar sohalarining tarixi, kelib chiqishi, etnik ildizlari, xalq ustalari va ularning ijodiy faoliyatlari; hunarmandchilikning shakl va jahon madaniyatida tutgan o‘rni, sohalarining tarqalishi, jug‘rofiyasi, turlari, ularning yo‘nalishlari; – Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Termiz, Nukus, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Rishton, Urgut hunarmandchilik maktablari ustalari va ularning o‘ziga xos yo‘llari; -tarixiy me’morchilik obidalari, ularning qurilishi, saqlash va ta’mirlash; mahalliy mehnat va xom ashyolarining, zahiralarining manbalari, turlari, tarqalishi, ularning hunarmandchilik markazlarining shakllanishiga va rivojlanishiga ta’siri, hunarmandlar sulolalari, risolalari, xalq amaliy va tasviriy san’ati hamda hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi hamda aloqasi va boshqalar. Xalq hunarmandchiligi tarixi va asoslarini egallashda o‘quvchilar quyidagi amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar: -turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; -ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; -buyumlarni hunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va foydalanish muddatini uzaytirish; -yo‘l-yo‘riqli, operatsiyali, texnologik va ishlab chiqarish me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash; -jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan xalq hunar mandchiligi sohasining erkin, demokratik sharoitlarda rivojlanishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Respublika ijodiy uyushmalarining moddiy va moliyaviy negizini mustahk amlash, ularning oilalariga ma’naviy, moddiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish ishlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek umumiy o‘rta ta’limning texnologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida ham xalq hunaarmandchiligi sohalarini o’rganish ga katta e’tibor qaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Usmonov K. va boshqalar, Uzbekiston tarixi. Darslik. – T., 2005. -24-b.
  2. Abdullaeva R. G. Hunarmandchilik taraqqiyotining tarixiy va institutsional asoslari, Iqtisod va moliya, 2017, 2
  3. Bo‘latov S.S. “O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati”. – T.: “Mehnat”, 1991y., 450b.
4.Umarova R. T., Husanova G. O‘quvchilarga xalq hunarmandchiligining taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari haqida tshunchalar berish. Mejunarodnыy nauchnыy jurnal “Nauchnoe znanie sovremennosti”,vыpusk №12, Kazan, noyabr 2021 g, 54-57 c.