E’lonlar
E’lonlar
|
04/01/2024
Chop etish
ONLAYN OLIMPIADA O‘TKAZILADI

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan talabalarni qishki taʼtil vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida onlayn olimpiada tashkil etilmoqda. Olimpiada “Oʻzbekiston tarixi”, “ingliz tili”, “informatika” fanlaridan boʻlib oʻtadi. Onlayn testlardan eng yuqori ball toʻplagan 1-2-3-oʻrin sohiblari olimpiada gʻoliblari deb topiladi.

Natijasi bir xil boʻlgan ishtirokchilar uchun gʻoliblarni aniqlash test ishlash uchun sarflangan vaqtiga qarab belgilanadi. Olimpiada gʻoliblari universitet tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Onlayn olimpiada test.jdpu.uz platformasida o’tkaziladi. Unda har bir talaba HEMIS platformasiga kirishda foydalanayotgan IDsini login sifatida, parolga esa passport seriya raqamini kiritish orqali ishtirok etadi.

Onlayn olimpiada 2024-yilning 5-yanvar kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bo’lsa universitet rasmiy saytida berib boriladi.


Ulashish:
709
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.