Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2020
Chop etish
Ochlikni davosi…

Butun dunyo bo‘ylab har xil izlanuvchilar tomonidan bir- biridan alohida holda inson organizmi uchun ro‘zaning foydasi haqida so‘zlovchi ajoyib hulosalar qilingan.

Germaniyada: Ochlikning ta’sirini o‘rganishar ekan, olimlar shunday hulosaga kelishdi, har qanday taom yoki suv to‘liq ma’n qilingan, yengil ishlarni bajargan holda, 10 soatdan 15 soatgacha, kamida uch hafta yoki ko‘pi bilan to‘rt hafta davomidagi ochlik eng mukammaldir.

AQShda: Ro‘zaning qondagi qand miqdoriga va oshqozon shirasining kislotaligiga hech qanday preparatlarsiz ularning miqdorini me’yorda ushlagan holda yaxshi ta’sir ko‘rsatishi eksperimental isbot qilingan

Angliyada: Pol Bregning davolovchi ochlik usuli keng qo‘llaniladi.

Xitoyda: Olimlar bir yilda bir oylik ochlik – bu hayot va yoshlikning asosi deya hisoblashadi.

Ukrainada: Odessa tibbiyot instituti olimlari izlanishlari ko‘rsatishicha ochlik organizmdagi zaharlarni har qanday preparatdan yaxshiroq tozalaydi. Masalan, ro‘za paytida ammiakning chiqarilishi 100 barobar oshadi.

Rossiyada: DGMA tibbiyot fanlari doktori, M. Magomedov insonning yillik bioritmlari almashinishi aynan ramazon oyiga to‘g‘ri kelishini isbotlagan. Ya’ni bu paytda organizmning kelasi yil uchun bioritmik qayta to‘g‘rlanishi kechadi. Bu paytda organizmning xazm traktining barcha sekresiyalari pasaygan va shunga ko‘ra kunning yorug‘ paytida, xazm sekretlarining eng kam faolligi davrida ovqat tanovvulini organizm qiyinchilik bilan (og‘ir) ko‘taradi. Aynan shuning uchun ham Ramazon oyida ro‘za tutmaydiganlarda oshqozon-ichak trakti kasalliklari zo‘rayadi.

Ochlik vaqtida organizmda nima yuz beradi?

Bizning organizmimizga taom, suv bilan birga tashqaridan toksinlar va mikroblar ham tushadi va yog‘, oqsil va uglevodlar bilan birgalikda qatlanadi. Ramazon oyida, taom qabuli bo‘lmagani uchun organizm ana o‘sha qatlangan yog‘, uglevod, oqsillarni ishlata boshlaydi va buning natijasida organizmdagi barcha zararli va foydali moddalarni qayta ishlab mikroblar, har xil o‘smalarni parchalab tashlaydi, negaki unga oziq kerak. Shunday qilib, organizmimizda zararli bo‘lgan ortiqcha narsalardan o‘ziga xos tozalanish ro‘y beradi. Shuning uchun zamonaviy klinikalarda ham medikamentoz davo bilan birga davolovchi ochlikni qo‘llashadi.

Buning hammasi uning tanaga foydali ekanligini bildiradi. Agar asab-psixik sog‘liq haqida gapiradigan bo‘lsak, unga ko‘rsatadigan foydalari ham kam emas. Bu borada eng muhimi – insonda iroda va Xudodan qo‘rqishni tarbiyalashdir. Bir oy davomida eng kuchli instinktni bo‘g‘ar ekan , inson o‘zida kuchli irodani tarbiyalaydi.

Biroq shuni aytib o‘tish kerakki, ochlik uchun eng yaxshi vaqt bu Ramazon oyidir. Turli olimlarning taqdiqotlaridan xulosa qiladigan bo‘lsak, ro‘za orqali ruh yengil bo‘ladi, tana ham tozalanib, yangilanadi.

Manba: «Dori-Darmon»AK.

 


Ulashish:
1 024
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.