Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Nodavlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish.

Toshtemirova Dilnura Soxib qizi JDPU Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi  o`qituvchisi Annotatsiya:Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha ta’lim  tizimida  olib borilayotgan islohatlar haqida so`z borgan.Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari haqida ma`lumot berilgan. Kalit so`zlar:Uzluksiz ta`lim,“Ilk qadam” o`quv dasturi, harakatlar strategiyasi,nodavlat maktabgacha ta`lim,kompetensiya,axloqiy yetuklik,ijtimoiy muhit. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomada xalqimiz azaldan ta’lim-tarbiyaning mohiyati va qadr-qimmatini yaxshi bilgan holda, doimo ilm-ma’rifatga intilib yashashini, faqat ma’rifat insonni kamolga, xalqni taraqqiyot sari yetaklash alohida e’tirof etilib, rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to’liq sikliga investisiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasi sarmoya sarflashga katta e’tibor berilishi, kiritilgan bu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltirishi, shu bois, ta’lim bolalikdan butun umr davom etishi lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli hamda 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ba’zasi, huquqiy-me’yoriy, metodik ta’minoti bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini yaratish lozim. Bularni keng amaliyotga joriy etishni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida o‘z ahamiyatiga ega. Respublikamiz istiqboli va kelajagi o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq bo‘lib, yosh avlodning esa ma’naviy barkamolligi, axloqiy yetukligi va jismonan, sog‘lomligi, e’tiqodi, kelajakda o‘z oilasi, Vatani va xalqiga munosabati ko‘p jihatdan ularning ota-onalari, oilalarida qanday tarbiya olayotganliklariga, ijimoiy muhit ta’sirida nimalarni, idrok etayotganliklariga bevosita bog‘liq. Bolalarning barkamol avlod to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish, dunyoqarashini boyitish, milliy istiqlol g‘oyasi talablariga munosib shaxs sifatida shakllanishi, ularni biologik, ijtimoiy, psixolog, iqtisodiy, huquqiy-ma’naviy, ahloqiy jihatdan rivojlanishi, shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat va ehtiyoj ortib bormoqda. Oilani mustahkamlashda yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga, yoshlarni tashkiliy barcha imtiyozlaridan to‘la foydalanishga, qulay sharoit yaratish lozimligini bugungi kundagi tub o‘zgarishlar ko‘rsatib turibdi. Chunki, bugungi kunda, oila va oilada bola tarbiyasidagi qator muammolar jamiyatni ma’naviy va iqtisodiy tanazzulining chiqishida to‘sqinlik qilayotgani sir emas. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila integrassiyasi, bularning barchasi hamkorlik faoliyati tarbiya vositasi sifatida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Maktabgacha  ta’lim  tizimi uzluksiz  ta’limning  birlamchi,  eng  asosiy  bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning  ilmiy  xulosalariga ko’ra, inson o’z  umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5  yoshgacha bo’lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo’lib voyaga  yetishida  Maktabgacha ta`lim tashkilotida  ta`lim tarbiya olishining  qanchalik  katta  ahamiyatga  ega  ekanini  yaqqol ko’rsatib turibdi.Maktabgacha ta’lim  tashkiloti  tarbiyasini  olgan  bola  bilan  maktabgacha  ta’lim  tashkilotiga bormagan bolani solishtirgan, ularning fikirlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.Shuning  uchun  ham    maktabgacha  ta’lim  tizimini  qayta  ko’rib  chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Agar shu ishni har tomonlama puxta o’ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Uzluksiz ta’lim sohasidagi ta’lim sifatini oshirish uchun nodavlat ta’lim muassasalarni oshirishga qaror qilindi. Xususiy ta’lim muassasalar uchun ham huquqiy asoslar yaratildi.Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o’rtasida sog’lom raqobat farzandlarimizning sifatli ta’lim olishga bo’lgan huquqni ro’yobga chiqarishga xizmat qilishni ko’rsatmoqda.O’zbekistonda ta’lim sifatini tubdan oshirish intellektual estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish hamda yoshlarga ta’lim berishni yangi sifat darajasiga ko’tarish 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini riojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha xarakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat dasturi va davlat talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, bolalarni sog’lom ovqatlantirish bo’yicha uslubiy-amaliy tavsiyalar berilmoqda. Nodavlat ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining bilim darajasi o’rganilib aniqlanyapti, aniqlangan bo’shliqlar yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi farqi nimalarda ko’rinadi? Bu turdagi ta’lim muassasalridagi jarayon bir biridan farq qilinmaydi. Ikkalasida ham ta’lim-tarbiya brish ishlari davlat talablari hamda ta’lim standartlari orasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari:, nodavlat ta’lim muassasalari tarbiyanuvchilari, bolalalar bilan individual mashg’ulot olib borish tizimi yaratilgan. Jumladan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga o’zbek, ingliz va rus tillarida saboq berilib, ular qiziqish nuqtai nazaridan ingliz tili kompyuter savodxonligi o’g’il bolalar taekvondo, qiz bolalar badiiy gimnastika to’garaklariga muntazam jalb etiladi. Xususiy maktabgacha talim tarbiyalanuvchilari, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida esa haftaning 6 kunida (davlat MTMlarida 5 kun) 8:00 dan 18:00gacha belgilangan. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham ijtimoiy tizimga qo’yilgan bo’lib o’z organizmdagi ta’lim sifati uchun mas’ul bo’lgan mexanizmini boshqarishda yangi imkoniyatlardan foydalanadi.Ta’lim muassasasi faoliyatining natijasi ijtimoiy buyurtmani sifatli bajarish, modellar bilan solishtirish usullari orqali aniqlanadi. Maqsadga erishishdagi vazifalar, turli xil yangi masalalarni xal etish zamonaviy usullar yordamida amalga oshiriladi, natijalar zamon talablariga moslashadi va tizim o’z faoliyatini ijobiy baholaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. – O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari to’plami, 2020 y., 23-sentyabr, 13-16-modda. 2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 3.Abdullayeva M.A. Oilada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirish: Ped. fan. nomz… dis. – Toshkent, 2009. 4.Alimova G, Kamolov J, Abdullayeva Sh. Oila-mahalla –ta’lim muassasasi hamkorligi. Mahalla kutubxonasi. O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi. T.: 2015.