Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2026
Chop etish
Bolalar oromgohga kuzatildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyati kengashida yozgi mavsumda bolalarning dam olishini samarali tashkil etish maqsadida ularni “Energy” bolalar oromgohiga kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlarining farzandlari ham ishtirok etdi.

Jumladan, universitetning 20 nafarga yaqin xodimlari farzandlari oromgohga yo‘llanma asosida yuborildi.

Tadbir davomida bolalarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom dam olishi hamda jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun oromgohda zarur shart-sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.Marosim yakunida bolalarga mazmunli hordiq, yaxshi taassurotlar va xavfsiz dam olish tilaklari bildirilib, ular oromgohga kuzatildi.


Ulashish:
455
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...