Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/08/2020
Chop etish
Mustaqillik solnomasi. 

Bino va Inshoatlar

EZGULIK ARKASI

Ezgulik arkasi 2005 yil 1 sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o‘n, o‘rta peshtoqi o‘n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o‘n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo‘lib, Mustaqillik maydonida joylashgan «Mustaqillik va ezgulik monumenti» majmuasining bir qismi hisoblanadi.

 

Mustaqillik va Ezgulik Monumenti – Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov g‘oyasi bilan bunyod etilgan me’moriy – badiiy majmua. Ramziy ravishdagi yer sharida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O‘zbekiston mustahkam o‘rin olganini ifodalaydi. Mustaqillik monumenti bilan uyg‘unlashgan holda uning oldiga “Baxtiyor ona” haykali (haykaltarosh I. Jabborov) va maydonining quyi qismida Ezgulik arkasi o‘rnatildi. “Baxtiyor ona” mustaqillik tufayli yuzida shukronalik balqib turgan munis o‘zbek ayoli – baxtli oila timsolidir. Haykal quyida oq poyondozli yo‘l bilan Ezgulik arkasiga tutashadi. Ezgulik arkasini maydonning ramziy darvozasi deyish mumkin. Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg‘ular uyg‘otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir. Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo‘lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o‘zida uyg‘un ifodalaydi.

 


Ulashish:
1 591
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida  Filologiya fanlari oliy pedagogika maktabi  Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashkilotchiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya...
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.