Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/01/2021
Chop etish
Mushoiraga yo‘g‘rilgan uchrashuv…

Shoir bilan uchrashuv

Jizzax davlat pedagogika institutida  O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yosh ijodkorlar,  institut professor-o‘qituvchilari  ishtirokida o‘tgan tadbirni oliygoh rektori Sh. Sharipov ochib berdi.

Tadbir ishtirokchilari ijodkorlar tomonidan yod olingan she’rlarni eshitishdi. Samimiy suhbat, savol-javob, mushoiraga yo‘g‘rilgan uchrashuv mumtoz va zamonaviy adabiyot darsiga, ijod saboqlariga aylanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir davomida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ishtirokchilarning  ijod namunalarini tinglab, ijodkor e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan qoidalar yuzasidan o‘z maslahatini berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida  institut kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida  chop etilgan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasiga yangi a’zo bo‘lgan ijodkorlarga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.

 

 


Ulashish:
1 051
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.