Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2021
Chop etish
Mudroq qalblarni uyg‘otaylik…

Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan 7 ta maktabda 9 ta fandan oliy o‘quv yurtlariga tayyorlov kurslari bepul tashkil qilindi. Endi o‘quvchi olis Zomin, Baxmal, Mirzacho‘l, Zarbdor tumanlaridan viloyat markazlariga kelib ortiqcha mablag‘ sarflab tayyorlov kurslariga qatnashishi shart emas.

Loyiha doirasida 324 nafar o‘quvchi o‘z maktablarida hafta davomida tashkil etiladigan tayyorlov kurslarida chuqurlashtirilgan bilimlarni olishmoqda. Maqsad yagona xududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ichki imkoniyatdan kelib chiqgan holda shakllantirish. Kelajakga tikilgan sarmoya o‘z samarasini bermay qolmaydi.

Zarbdor tumani 29 umumta’lim maktabini joriy yilda 47 nafar o‘quvchi bitiradi. O‘tgan yillar mobaynida  ushbu maktabni bitiruvchilaridan bor yo‘g‘i bir nafar o‘quvchi  ham oliy o‘quv yurtlariga kirmagan. Ushbu maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilarini OTM lari kirish imtixonlariga tayyorlash,  ularni  kasbga yo‘naltirish, motivatsiya berish maqsadida Jizzax davlat pedagogika institutining Magistratura bo‘limi professor -o‘qituvchilari va magistrantlari biriktirilgan. Ma’lum ikki oydan beri professor-o‘qituvchi va magistrlar haftaning dam olish kunlari ushbu maktabda bitiruvchi o‘quvchilarga bepul tayyorlov kurslarida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Ta’kidlash joiz  shuncha imkoniyatlarga qaramay ayrim o‘quvchilar  mashhlotlarga qatnashmaslik holatlari ham uchrab turibdi.Bunga sabab esa oiladagi vaziyat, nosog‘lom muhit desak xato qilmagan bo‘lamiz.Mana shu kabi xolatlarning oldini olish, ota-onalarni fikri bilish maqsadida maktab ma’muriyati hamda institut magistralar bo‘limi hamkorlikda jami 47 nafar bitiruvchi yoshlarning ota –onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Maqsad esa bitta farzandlar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ularni darslarga to‘liq kelishini ta’minlash va ortiqcha ishlarga jalb etmaslik.

“Men 11 sinf o‘quvchisi Rayxona Ahmedovaning onasiman… Mening farzandim intilayapti buning uchun Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasiga, o‘qituvchilarga raxmat. Qizim yaqinda sinf rahbari va sinfdoshlari bilan Jizzax davlat pedagogika institutga bo‘lib qaytdi. Institut rahbariyati  tomonidan tashkil etilgan “Ochiq muloqot” uchrashuvidan so‘ng qizimda OTM ga kirishga bo‘lgan intilish yanada  kuchaydi, – deydi Dilorom Jo‘raeva

“Men Ahadbek Tangrievning buvisi bo‘laman, Nevaram Ahadbek OTM ga kirish uchun astoyidil tayyorgarlik ko‘rayapti. Istardimki bu yaxshi tashabbus to‘xtab qolmasin, bolalarimizninng umidi so‘nmasin. Kelajakda ham oliy dargoh bilan hamkorligimiz davom etsin”,-deydi Gulsara ona

“Men shu MFY yig‘ini raisi bo‘laman ayni damda mahalla fuqarolar yig‘iniga  shu maktabni bundan bir ikki yil oldin bitirib ketgan yoshlar va ularning ota-onalari ham murojaat bilan kelishayapti. Biz ham mana shu tekin tayyorlov kurslariga qatnasak bo‘ladimi ? Buning uchun kimga murojaat qilishimiz kerak, agarda JDPI o‘qituvchilari  farzandlarimizga bu borada ham imkoniyatlar yaratib berishsa  nur ustiga a’lo nur bo‘ardi “,-deydi mahalla raisi Abdurasul Jonuzoqov

Uchrashuv davomida barcha ota-onalar o‘z fikrlarini bildirib, ular ham farzandlarining OTM larida o‘qishi tarfdori ekanliklarini  va buning uchun nimaiki lozim bo‘lsa, xususan bolaning ilm olishi uchun barcha sharoitlarni qilib berishga va’da berishdi.

Tadbirda mahalla profilaktik inspektori ham ishtirok etdi. U o‘z so‘zida bu tashabbusni to‘liq  qo‘llab quvvatlashini va buning uchun kerakli yordamini ayamasligini bildirib o‘tdi.

 


Ulashish:
680
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.