Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2018
Chop etish
Mening hayot bog’im qolmas huvillab

“Mening hayot bog’im qolmas huvillab” 

Jizzax davlat pedagogika  instituti axborot-resurs markazining Majlislar zalida Xotin- qizlar qo’mitasi, axborot-resurs markazi, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim  fakulteti hamda Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi  hamkorligida  O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi munosabati bilan “Mening hayot bog’im qolmas huvillab”  mavzusida o’tkazilgan adabiy-musiqiy tadbir bo’lib o’tdi

Joriy yilning 1 mart kuni Jizzax davlat pedagogika  instituti axborot-resurs markazining Majlislar zalida Xotin- qizlar qo’mitasi, axborot-resurs markazi, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim  fakulteti hamda Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi  hamkorligida  O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi munosabati bilan “Mening hayot bog’im qolmas huvillab”  mavzusida adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut ARM direktori R.Ishnazarova ochib, so’zni viloyat “Olima ayollar” uyushmasi raisi, filologiya fanlari doktori, professor  Z.Pardayevaga berdi. Professor Z.Pardayeva  o’z so’zida shoira Zulfiyaning  hayoti va ijodiy faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi katta mavqyei hozirgi yoshlar  tomonidan zo’r hurmat va ehtirom bilan xotirlab kelinayotganligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi ilmiy xodimasi Q. Ziyoyeva   Zulfiyaxonimning hayot yo’li zamonamiz qizlari uchun ibrat maktabi ekanligi, uning ijodi vafo va sadoqat ramzi bo’lib qolganligini  aytib o’tdi.

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi G.Allayorova ishtirokchilarga Zulfiyaxonim asarlarini badiiy jihatdan tahlil etib, ularning milliy adabiyotimiz rivojidagi o’rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi hamda Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalar o’qib berdi. Shundan so’ng, O’zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida mushoira bo’lib o’tdi.

Tadbir yakunida institut ARM xodimasi M. Bobonazarova “Bahor keldi seni so’roqlab” nomli adabiyotlar ko’rgazmasini qisqacha sharhlab berdi.

Tadbirni institut Ma’naviy ishlar bo’limi xodimasi M. Normatova davom ettirib , Zulfiyaxonim ijodining milliy o’ziga xosligi, uning umuminsoniy ahamiyati xususida to’xtaldi va tadbir yakunida ishtirokchilarni Zulfiya ijodini chuqurroq o’rganishga chaqirdi .

Tadir ishtirokchilari:      84 ta

Berilgan adabiyotlar:         95 ta


Ulashish:
1 677
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...