Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2022
Chop etish
“Men hizmat qilayotgan o‘lka”

Jizzax shahrida joylashgan harbiy qismda muddatli xizmat vazifalarini olib borayotgan harbiylar uchun “Men hizmat qilayotgan o‘lka” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent F.Akchaev, Jizzax davlat pedagogika instituti Sirtqi bo‘limi o‘qituvchisi X.Xolmurodov hamda Muxammad Tilovboevlar tomonidan harbiylarga Jizzaxning boy tarixi, muqaddas qadamjolari hamda  vohadan yetishib chiqqan allomalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Jizzax tarixi, qadimiyati va bugun” nomli kitob-al’bomi tayyorlash ishlari olib borilayotganligi hususida ham aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida, Jizzax viloyati haqida videorolik namoyish etildi.


Ulashish:
660
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktab hududiga ko‘chatlar ekildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda “Kelajak soati” mustaqillik darslari yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori boshchiligidagi ustozlar jamoasi 45-umumta’lim maktabi hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.
“Kelajak soati”da bitiruvchilar bilan suhbat: “Hammangizni universitetimizda kutaman”
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darsi” va “Kelajak soati” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz...
JDPU rektori 45-umumta’lim maktabida tantanali tadbirda qatnashdi.
Bugun, 2-sentyabr kuni, Jizzax viloyatidagi 560 ta umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yili darslari tantanali ravishda boshlandi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 30 643 nafar bolajon...