Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Masofaviy ta’lim tizimi takomillashuvida yana bir qadam.

Ta’lim va tarbiya mamlakat taraqqiyoti va uning kelajagi kafolati ekani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va sinovli kunlarda yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida juda qisqa fursat ichida onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi. Dastlab, mazkur o‘zgarishlar shubhasiz, muayyan noqulayliklarni keltirib chiqardi, ammo pandemiya sababli kuzatilayotgan o‘zgarishlar va ta’limdagi yangi yechimlar , hozirgi davr uchun zarur bo‘lgan innovatsiyalarni ta’lim sohasiga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Onlayn darslar vositasida talaba-yoshlarimiz ko‘proq mustaqil  ishlashga, ilmiy ijod bilan shug‘ullanishlariga, kitoblarni mutolaa qilishlariga imkoniyaiga ega bo‘ldilar, pedagog-o‘qituvchilarimiz esa xorij olimlari ishtirokida tashkilqilinayotgan onlayn videokonferensiyalardaqatnashib, kasbiymahoratlarinirivojlantirishuchun  muntazamishlashgaintilyaptilar. Pandemiya munosabati bilan bugun yurtimizdagi barcha OTMlarda bo‘lgani kabi A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida ham masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ta’limning yana bir afzallik tomoni, unda o‘qish muddatini talaba o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda bilim olishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlar va testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘i asosida bugun  Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan masofaviy ta’lim portaliwww.moodle.jdpu.uz tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Institut professor-o‘qituvchilari, tizim administratorlari va o‘quv-uslubiy boshqarma ma’sullari uchun masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish bo‘yicha trening kurslari tashkil etilib o‘rgatildi. Shuningdek, elektron o‘quv resurslarni talab darajasida ishlab chiqish va masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishni tashkil etish maqsadida Ishchi guruhi shakllantirib, reja-grafik asosida nazorat qilinib borildi. Institut masofaviy ta’lim platformasida fanlar bo‘yicha kurs yaratish, yaratilgan kurslarga fanga oid materiallar joylashtirish va talabalar bilimini baholash uchun testlar, amaliy va seminar topshiriqlarni joylashtirishlari uchun yo‘riqnoma va video qo‘llanmalar  ham tayyorlab berildi. Masofaviy ta’lim kurslaridan foydalanishda institut talabalari uchun ham yo‘riqnoma va video qo‘llanmalar ishlab chiqildi  va talabalar bilan tizimda ishlash bo‘yicha doimiy aloqa yo‘lga qo‘yildi, tizim bo‘yicha talabalarda turli  savollar, tushunmovchilik va muammolar bo‘lsa mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Ta’kidlash joiz bunda asosan ta’lim resurslarining joylashishiga, jumladan: DTS, Malakaviy talab, ishchi o‘quv reja, Ishchi fan dasturi, Baholash mezoni, asosiy adabiyotlarning elektron nus’hasi, Taqdimot, Videoma’ruza, nazorat savollari, test materiallarini joylashtirishga e’tibor qaratilgandir. Videodarslar utube va Youtube saytlariga joylashtirilmoqda. O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tizimga joylangan ma’lumotlar soni,ma’sullar tomonidan  tahlil qilib borilmoqda. Institutda mavjud 35 ta kafedralar tomonidan kuzgi semestrida o‘tilishi ko‘zda tutilgan 27 ta yuqori kurs bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun 439 ta fan hamda magistratura mutaxassisliklari uchun 50 ta fan tizimga joylashtirilgan. Hozirgi vaqtda masofaviy ta’lim platformasidan foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 11113 nafarni tashkil etib, ulardan                627 nafari professor-o‘qituvchilar, 10486 nafari talabalarni tashkil etadi. Aytish joizki bugungi kunda institutda 27 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar taxsil oladi. Yuqori kurslarga o‘tiladigan 439 ta fandan barchasida masofaviy ta’lim uchun elektron resurslar ishlab chiqilgan bo‘lib, 1872 ta videodarslar va 2690 ta taqdimot materiallari yaratildi, 1022 ta elektron o‘quv adabiyotlari  to‘liq joylashtirildi.Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tishni ma’qul deb bilaman bugun masofaviy ta’lim jarayoniga yuqori kurs talabalarimizning 76% jalb etilib, bu miqdor kundan kunga oshib bormoqda. Mana shu yerda chekka tumanlarda istiqomat qilayotgan talaba yoshlarimizning internet tezligi bilan bog‘liq muammolarga uchrayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Bugun biz masofaviy darslar bilan chegaralanib qolayotganimiz yo‘q, ZOOM platformasi orqali onlayn darslar tashkil qilinib, institutning har bir professor-o‘qituvchisi bu platformaga videoma’ruza, ma’ruzalar matni, mavzular bo‘yicha taqdimot materiallari, mustaqil ish, ochiq va yopiq testlarni kiritib, o‘z vaqtida talabalarning bilimlarini baholab boryaptilar. Onlayn dars — bu yangicha uslub va an’anaviy darsdan tubdan farq qiladi. Demak, har bir o‘qituvchi-pedagog endi auditoriyadagi yondashuvlarni qisman unutib, virtual auditoriyalarga moslashishi zarur, chunki bu darslarning ham o‘ziga yarasha jiddiy talab va shartlari bor.   Institutda barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun Zoom platformasida bir para davomida 48 ta kabinet tashkil etilgan va reja grafik asosida darslar tashkil etilmoqda. Ushbu tashkil etilayotgan dasrlarning sifati va nazorati o‘quv uslubiy boshqarma uslubchilari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek biz Professor-o‘qituvchilar uchun ajratilgan Zoom platformasi ilovalarini www.moodle.jdpu.uz tizimiga joylashtirish bo‘yicha  ham  kerakli ishlarni yo‘lga qo‘yganmiz. Masofaviy ta’lim bilan qamrab olish imkoniyati qiyin bo‘lgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib, ularga onlayn ta’lim jarayonida ishtirok etishga sharoit yaratish maqsadida maxsus o‘quv sharoitiga ega bo‘lgan hududiy professional ta’lim muassasalarida (“acces point”) markazlar tashkil etilganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak , bugun bunday markazlar Arnasoy tuman kasb-hunar maktabi, Baxmal tumani 1-son  kasb-hunar maktabi, G‘allaorol xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi, Sh.Rashidov tumani 2-son kasb-hunar maktabi va Do‘stlik jamoat salomatlik texnikumlarda tashkil etilgan bo‘lib ular internet tarmog‘iga ulangan, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Masofaviy ta’lim sirtqi bo‘limlarda tahsil olayotgan talabalarning, xususan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi hamda mehnat bilan mashg‘ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa, oliy ta’lim muassasalarida yig‘ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Institut rektorining 2020 yil 12 iyuldagi “Institutni 2020/2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishga tayyorlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan institut 2020/2021 o‘quv yilidan     1 kurs barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassiliklari o‘qitishning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini oktabr oyidan boshlaydi. Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘r­gatishdan iboratdir. Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari  bo‘yicha prorektor: Botir To‘xtamishev