Rahmonqulova X.B
Maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedrasi o’qituvchisi
Annotasiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ingliz tiliga o’rgatishning innovatsion yondashuvlari haqida bayon etilgan.
Kalit sozlar: barkamol avlod, maktabgacha yosh, ingiluz tili, chet tili, zamonaviy yondashuv.
Аннотация: В данной статье описаны инновационные подходы к обучению английскому языку детей в дошкольных учреждениях.
Ключевые слова: гармонично развитое поколение, дошкольный возраст, английский язык, иностранный язык, современный подход,
Annotation: This article describes innovative approaches to teaching English to children in preschool institutions,modern approach
Key words: harmoniously developed generation, preschool age, English language, foreign language,
Mamlakatimizda barkamol yosh avlodni tarbiyalashning rang barang yo’l-yuriqlari, usul vas uslublari mavjud bo’lib, uning omillari ham biqiyos darajada ko’pdir.
Ayniqsa, bolalarni bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish , ikkinchi til ( chet tili – ingliz tili ) ni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari , intilishlari nihoyatda beqiyosdir.
Bolalar tarbiyasining bu tomoni ham hozirgi kunning davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan masalalardan biridir. Hurmatli yurtboshimiz SH.M. Mirziyoyev bu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, ta’limni sifatli tashkil etishni , ya’ni chet tilini o’zlashtirishga oid turli tadbirlar, tilni bilish va uni o’zlashtirishda innovatsion yondashuvlar yangicha metod va usullar shakllarini ishlab chiqish, tiklash, targ’ib qilish, hayotga tadbiq etish , ayniqsa bu borada yosh davrlarga xos ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish , qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va yig’ish , ularni boyitish va shu manbalar asosida bolalar va yoshlar o’ratsida keng ta’limiy –tarbiyaviy tashviqot ishlarini olib borish dolzarb masalalardan biri ekanligi haqidagi fikrni ilgari surmoqdalar.
Aslida bu , xalq qadriyatlariga daxldor bo’lib, manbalarni yig’ish , boyitish va uni bolalarga , yoshlarga taqdim etish barkamol avlodni tarbiyalash yo’lidagi asosiy va zaruriy vazifalardan bir hisoblanadi.
Shu tufayli Prezidentimiz 2012. 10 dekabrda PQ-1875 sonli “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish” bo’yicha chiqargan qarori bu sohani rivojlanishi va takomillashishiga dasturamal bo’lib kelmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan chet tilini o’rgatish bo’yicha mashg’ulotlar, darslar, tadbirlar, ekskursiya va sayohatlarni tashkil etish jarayonlari hamda ularni ijtimoiy –pedagogik jihatdan asoslash , sinov tajribalarining eng yetuk va zarur bo’lgan natijalarini hayotga amaliy taqbiq etish,
qo’llash masalalari bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tiliga o’rgatishda eng avvalo bolalarning yosh xususiyatlari albatta hisobga olinadi .
MAKTABGACHA YOSH DAVRLARI
Maktabga tayyorlov guruhida “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida berilgan mashg’ulotlar jadvali asosida Ikkinchi til (Inliz tili) haftada 1 marta o’tkaziladi . Mashg’ulotni oily ma’lumotli mutaxassis o’qituvchi olib boradi.
Masalan: “Ilk qadamm “ davlat o’quv dastur asosida maktabgacha yoshdagi 5 yoshli bolalarda quyidagi mavzularda mashg’ulotlarni o’tish mumkin.
Mavzu: Greetings-Tanishuv.
Yangi so’zlar
: Good morning! Cood bye! One, two, yes, no. Mashg’ulotlarda ishlatiladigan iboralar:
Good morning children! – Good morning, good morning, good morning to you! How are you? – O’Key.
What is your name? – My name is… i
Where do you live? -I live in Gulistan.
Are you Aziz? – Yes / No.
Good bye children!
Stand up!
Sit down!
Come here!
Look at me!
Ashula: «Do everything together»
Clap, clap, clap your hands,
Clap your hands together.Stemp, stemp, stemp your feet, marta
Stemp your feet together. Nod, nod, nod your head, Nod your head together.
Dance, dance, dance a dance, 2 marta Dance a dance together.
Jismoniy tanaffus:
Hands up clap, clap, clap. Hands down shake, shake, shake. Hands on hips! One, two, three hop! One, two, three stop!
«Day and night» o’yinini tashkil etish:.Bolalar xonaning o’rtasiga turadilar. Olib boruvchi
«Day» desa ular o’ynab, sakrab, yugurib yuradilar, lekin olib boruvchi
«Night» desa ular jim bo’lib, qimirlamay turishadi. Joyidan qimiriagan bola o’yinni tark etadi.
Har bir mavzuda o’tilgan yangi so’z va iboralarni, albatta o’zbek tilidagi tarjimasi bilan bolalarni tanishtirib borishlari lozim. Yilning oxiriga kelib esa ular bir nechta so’z va iboralar , she’r , o’yin, ashulalarni yod olgan bo’lishlari lozim.
Mahg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazishda quyidagi adabiyotlar jamlanmasidan o’rinli foydalanish lozim.
- «Английский язык игровой курс для детей» А.П.Васильевич .Дубна
2002 г
2.»English rhymes for children» В. А. Верхогляд. Москва 2000 г.
3.»Merry English songs and scenarioes of holidays» C.B. Арапова Т:.1996 г.
- «Merry English music book».
Xulosa tariqasida aytish joizki, bolalarni ikkinchi til ( chet tili – ingliz tili) ga o’rgatish va ularni nutq malakasini rivojlantirish yo’lida katta ishlar olib borilib, maqsadga yetishishda kutilayotgan samaralarga erishilmoqda.
Sh sababali chet tili sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash ularni malakasini oshrish, amaldagi mutaxassis kadrlarning ilmiy-pedagogik mahoratlari, salohiyatlarini yanada yuqori pog’onlarga ko’tarish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini tarmoqlariga jiddiy e’tibor berishga to’g’ri keladi. Eng muhim masala samarali yakunlangan , hayotga zarur bo’lgan amaliy faoliyatlarda qo’llashga zarur , qulay bo’lgan tadqiqot natijalariga barcha tizimdagi , shu jumladan maktabgacha ta’lim tizimlari ijodiy yondashgan holda ish yuritishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Agzamova D.Engilish teaching methodologiy . “Barkamol fayz mediya nashri.
Toshkent.2016
2.Ingliz tili dasturi ( maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun) Toshkent. 2018
3.Engilis languageteachung methodologiy.”Fan va texnologiya nashri Toshkent
2015 y
- «Merry English songs and scenarioes of holidays» C.B. Арапова Т:.1996 г.
- “ Ilk qadam “ davlat o’quv dasturi Toshkent 2018 yil