Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2022
Chop etish
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI XODIMLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirliklarining 2022-yil 13-yanvardagi “Bolalarni boshlang`ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglari uchun “Ilm yo`li” variativ dasturi bo`yicha qisqa muddatli o`quv kursini tashkil qilish to`g`risida”gi 1 va 1-Q/Q-sonli qo`shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Maktabgacha ta’lim tasarrufidagi Pedagogika kollejlaridan “Ilm yo`li” variativ dasturi asosida bolalarni boshlang`ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo`yicha tashkil etilgan qisqa muddatli onlayn o`quv kursi tashkil etildi.

Ushbu o`quv kursida Maktabgacha talim metodikasi kafedrasi o`qituvchilaridan:

  1. M.A.Norqo`ziyeva «Maktabgacha talim metodikasi».
  2. Sh.A.Buranova «Maktabgacha ta’limning zamonaviy metodik ta’minotini ishlab chiqishda hamkorlik masalalari».
  3. M.S.Usmanova «Maktabgacha talim pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish yo`nalishlari» mavzularida ma’ruza qilishdi.

Oʻtkazilgan oʻquv kurslarida professor-oʻqituvchilar tomonidan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablarining mazmun va mohiyati, Maktabgacha taʼlim metodikasi, Maktabgacha taʼlimning zamonaviy metodik taʼminotini ishlab chiqishda hamkorlik masalalari, pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish yoʻnalishlari haqida kerakli maʼlumotlar berildi. Seminar qiziqarli bahs munozaraga boy bo`ldi.


Ulashish:
1 142
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...