Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/06/2020
Chop etish
Magistraturaga qabul 1-iyuldan e’tiboran onlayn tarzda boshlanadi

Magistraturaga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz:

Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;

Magistraturada abiturientlarga 5 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yo‘nalish tanlanadi;

Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo‘ladi. Boshqa fanlardan bo‘lmaydi;

Magistratura imtihonlarida maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 250 ballni tashkil etadi.

Diplom bali – 100 ball;

Mutahassislik test bali – 100 ball;

Chet tili test bali – 50 ball.

Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi;

Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o‘tkaziladi

(davlat test markazi ma’lumotlari asosida berildi)

 


Ulashish:
1 293
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.