Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2022
Chop etish
«Lego sad» NMTT da «Ustozlarga ehtirom!» mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

A.Qodiriy nomidagi JDPU «Maktabgacha ta’lim metodikasi»  kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Jizzax shahar «Lego sad» NMTT hamkorlikda «1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» ga bag‘ishlangan «Ustozlarga ehtirom!» mavzusida tantanali,  uch avlod uchrashuvi ma’naviy tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvga universitet rektori prof.Sh.S.Sharipov boshchiligidagi soha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari tashrif buyurdi. Bayram kechasini universitet rektori prof.Sh.S.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda mehmonlarga «Lego sad» NMTT tarbiyalanuvchilari hamda ushbu NMTTga 4+2 dasturi bo‘yicha biriktirilgan amaliyotchi talabalar, ajoyib kuy, qo‘shiq, raqs,  she’r, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.


Musiqiy bayram kechasi  mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan amaliyotchi talabalarga universitetning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir tashkilotchisi «Lego sad» NMTT direktori,  «Maktabgacha ta’lim metodikasi»  kafedrasi o‘qituvchisi M.Akmalova yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirib,  yana bir bor bayram bilan tabrikladi.


Ulashish:
744
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.