Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2020
Chop etish
KREDIT-MODUL TIZIMI VA MASOFAVIY TA’LIM

Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tashabbusi bilan

institutda o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim platformasining joriy etilishi, kredit-modul tizimiga tayyorgarlikning borishi, o‘quv platformasidagi muammo va takliflar  mavzusida “Kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Mazkur onlayn vebinarda kafdra o‘qituvchilari  va talabalar ishtirok etishdi.

Vebinarni Chet tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov ochib berdi.  U o‘z ma’ruzasida Kredit modul tizimining Oliy ta’limdagi o‘rni, kredit modul tizimining afzalliklari, modul kredit tizimi esa talabaning oliy o‘quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng vebinarni Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi Jabborova Anora “Kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim” mavzusidagi taqdimoti bilan  davom ettirdi. U o‘z taqdimotida kredit modul tizimi, kredit modul tizimi asosida o‘qitilayotgan respublika va xorijdagi OTMlarning tajribalari va Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida kredit modul tizimini tashkil etishning taxminiy rejasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Vebinar so‘ngida talabalar va kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida kredit-modul tizimi, masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari borasida muhokama bo‘lib o‘tdi. Talabalar masofaviy ta’lim yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, platformadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

 

Jabborova Anora

                                                                                                                                                                                                                               Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi

 

 

 

 


Ulashish:
1 282
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.