Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

KICHIK MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR  IJTIMOIYLASHUVINING PSIXOLOGIK SHARTLARI.

Maxmudov Salimjon Uralovich Jizzax davlat pedagogika universiteti o`qituvchisi maxmudov.salim@mail.ru Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalar ijtimoiylashivuning obektiv va subektiv omillarini aniqlash , hamda bolaning oila va maktab sharoitida ijtimoiylashuvi  borasida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: aqliy faollik, psixik faollik, jismoniy faollik, kichik bog’cha yoshi,katta maktab yoshi, ehtiyojlar. Kichik maktab yoshi 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.Bu davr mubaynida bola kichik maktab davri ya’ni ochiqroq qilib aytadigan bo’lsak,boshlang’ich sinf davrini boshidan o’tkazayotgan bo’ladi. Bu davrda bolaning o’qishga,maktabga bo’lgan qiziqishini oshirish, unga muhabbat uyg’ota bilish lozim. Kichik maktab yoshidagi bolalarning eng muhim xususiyatlaridan biri bu uning o’z ehtiyojlariga ega ekanligidadir. Bu ehtiyojlarga esa, bolaning o’z portfeli, o’quv qurollari, kitob javoni , dars stoli va shu kabi buyumlarining mavjudligi uning kattalar singari maktabga borishga qiziqishini, istagini oshiradi. Inson borki, u hayoti davomiga o’zini turli ehtiyojlarga moyilligini his etadi. Ushbu ehtiyojlarning mavjudligi ham bola shaxsining rivojlanayotganidan dalolat. Bizga ma’lumki, maktabga o’qish jarayoni 7 yoshdan etib belgilangan . Chunki, bu paytda bola miyasi yaxshigina rivojlangan, u atrofdagi signallarni, yangiliklarni ,o’zgarishlarni yaxshi qabul qiladigan yoshda bo’ladi. Shu o’rinda bolani maktabga qabul qilish jarayoni haqida qisqa fikr bildiradigan bo’lsak, bu paytda bolaning aqliy,jismoniy va psixik jarayonlari tekshiriladi. Ulardan ijobiy natija olingandagina, bola maktabga qabul qilinadi. Lekin, ko’pchilik ota- onalarning xohish-istaklari tufayli bola maktabga muddatidan oldin boradi. Buning ham o’ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari mavjud. To’g’ri, ilmga intilishni qanchalik oldin boshlasa, shunchalik yaxshi, albatta. Ammo, ba’zida bu yoshdagi bolalarning psixikasida ruhiy zo’riqish ham kuzatiladi. Buning natijasida bolada horg’inlikni, darslarga yaxshi qatnasha olmasligini va uyga vazifalariga ulgura olmasligini ko’rishimiz mumkin. Darhaqiqat, har bir bolaning o’sib- ulg’ayish davri turlicha kechadi. Shuning uchun,bolani maktabga psixologik tomonlama ham tayyorlash zarur. Chunki, bog’chada do’stlari, o’yinchoqlar orasida erkin o’sgan bolani turli qonun- qoidalarga majburiyatlarga o’rganishi oson kechmaydi, albatta. Bolaning maktabga borish vaqti yaqinlashgani sari, uni jismonan, aqlan va mativatsion tomonlama yetilganligiga ishonch hosil qilish zarur. 6-7 yoshli bolaning og’irligi oyiga 150- 200 grammgacha bo’yi esa 0.5 santimetrgacha o’sa boshlaydi. Bu davrda bolaning ko’rish, eshitish va umurtqa pag’onasini to’g’ri tuta olishiga e’tibor berish lozim. Katta bog’cha yoshidagi bolalar ko’pincha , maktabga o’qish uchun o’zlarida ehtiyoj sezishadi, ammo bu ehtiyoj turlicha namoyon bo’ladi. “Menga chiroyli forma, daftar,ruchkalar sotib olib berishadi”, “Maktabda do’stlarim ko’p bo’ladi, ular bilan o’ynayman, maktabda uxlatishmaydi”. Bunday motivlarni ota-onalar ko’pincha bolalarda maktabga nisbatan qiziqishni orttirish uchun ishlatishadi, bu kabi maktabning tashqi ramzlari shubhasiz bolani qiziqishini orttiradi, biroq, bu uning maktabda yaxshi o’qishi uchun asos bo’la olmaydi. Motivatsion tayyorlashga esa “Men otamga o’xshashim uchun yaxshi o’qishim kerak”,“Maktabda eng a’lochi o’quvchi bo’lishim kerak” kabilar misol bo’ladi. Biz ko’p hollarda bolaning o’z fikrini erkin bayon eta olmasligi, o’z fikri to’g’ri yoki noto’g’riligi borasida uzoq muddat o’ylashi , kattaroq bo’lgan jamoa oldida o’zining fikrini tushuntira olmasligini kuzatamiz. Buning asl sababi shundaki, bola kichkinaligidayoq tazyiqlar orasida o’sgan. Unga o’z fikrini ifoda etish uchun shart –sharoit yoki vaqt ajratilmagan bo’ladi. Biz ko’picha bolani tarbiyalash deb uni kam gapishishga , o’z fikrini bayon eta olmaslikka o’rgatib qo’yamiz. Shu hollarning oldini olish uchun kichik yoshdagi bolani “ bu nima?”, “bu qanday ishlaydi?” , “bu nega bunchalik katta?” kabi oddiy savollariga to’liq javob berishimiz va uni eshitish uchun yetarli vaqt ajrata olishimiz lozim. Birinchi bor  maktabga kelgan bola o’z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimga o’tadi.O’sha o’tish jarayonida biroz qiyinchilikka duch keladi.U hayotning tubdan o’zgarganini,unga yangi majburiyatlar,nafaqat,har kuni maktabga borish,balki o’quv faoliyati talablariga bo’ysinish ham yuklatilganini  his eta boshlaydi.Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallash kerakligini tushina boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi о‘qituvchiga ishonch hissi bо‘lib, bunda о‘qituvchining о‘quvchiga ta’sir kо‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan munosabatlarida katta о‘zgarishlar rо‘y beradi. Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunda о‘qituvchining doimiy ravishda unga kо‘rsatadigan faol ta’siri bо‘lsa, ikkinchi tomondan о‘quv jamoasining kо‘rsatadigan ta’siridir. О‘qituvchining dars jarayonida har bir о‘quvchiga ta’sir kо‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. О‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. «Bola-katta» munosabati «bola-ota-ona» munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, о‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan kо‘proq ravishda normativ talablar qо‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta о‘zgarishlar bо‘ladi va qiyinchiliklar tug’diradi. Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bо‘lgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu о‘z-о‘zidan bola bilan bо‘lgan munosabatlarda о‘z aksini topadi. Atrofdagilar bilan munosabatda esa bola о‘z “Men”ini namoyon etishga biroz qiynaladi. L.S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi.. Faqat о‘qituvchigina о‘quvchisiga turli qat’iy talablar qо‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimoiylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar– ijtimoiy maqoni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. О‘qituvchining munosabat uslubi о‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Boshlang‘ich maktabda bolalar yangi talablarni qabul qiladilar va ularga qat’iyatlilik bilan amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun о‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanadi. Chunki uning bolaga bо‘lgan munosabati uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bо‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa о‘z-о‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham bevosita ta’sirini kо‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning о‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. О‘qituvchining bolaga munosabati uning о‘rtoqlari va oilasi bilan bо‘lgan munosabatiga ham bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shuni ham aloxida ta’kidlab о‘tish kerakki, yangi muloqotning xarakteri kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi ta’limining motivlariga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, о‘z-о‘ziga beriladigan bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Bolalarning о‘quv faoliyati muvaffaqiyati hamda shaxsining shakllanishi kо‘p jihatdan ularning о‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi о‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi о‘z mavqeini qay darajada anglab etishiga, tarkib topgan о‘quvchilar jamosi bilan о‘zaro munosabatlariga bog‘liq bо‘ladi.       Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Rivojlanish psixologiyai.Pedagogik psixologiya Z.T.NISHONOVA, N.G.KAMILOVA,D.U.ABDULLAYEVA,”O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. 2.Ontagenez psixologiyasi E.G’oziyev,Toshkent”NIF MSH-220. 3.Uralovich, M. S. (2022, april). ozaro bir-birini anglash shaxslararo munosabatlarning fenomeni sifatida. in e conference zone 4.Davletshin M.G.Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi “Pedagogika psixologiya”Nizomiy nomidagi TDPU,1999/1 5.Шамсиев Ў.Б. Оилада мактабгача ёшдаги бола шахси ўзини-ўзи англашининг ижтимоий-психологик омиллари: Психол.фанлар номзоди… дисс.: – Т., 2010 – 127 б. 6..Шамсиев Ў.Б. “Боланинг ўзини-ўзи англаш муаммоси” Ўқув-услубий қўлланма “Тафаккур” нашриёти, 2012 йил, 48-бет 7..https://lex.uz/docs/3546742 8.https://www.gazeta.uz/uz/2021/12/31/2022-year/