Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JIZZAX VILOYATINING TURISTIK SALOHIYATI

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o’qituvchisi Mirzayeva A.Z JDPU talabasi Karimjonova M.   Annotatsiya: Ushbu maqolada Jizzax viloyatining turistik salohiyati, turistik resurslari va ularning joylashuvi haqida soʻz boradi. Kalit so’zlar: Turistik hududlar, rekreastiya, madaniy-tarixiy meros, viza, infratuzilma, ziyorat, turizm mahallasi va qishlog ‘i, brend namunalari. Abstract: This article talks about the tourist potential of Jizzakh region, tourist resources and their location. Key words: Tourist areas, recreation, cultural-historical heritage, visa, infrastructure, pilgrimage, tourism neighborhood and village, brand examples.   Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Jizzax viloyatida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi firma va tashkilotlar soni 11 tani tashkil qilib, 2020 yilda ular tomonidan 18,5 ming nafar tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatildi. Jizzax viloyati bo‘yicha 2019 yilda mehmonxona va shunga o‘xshash joylarda joylashtirilgan shaxslar soni 38984 nafar bo‘lib, 1683 nafar MDH davlaridan tashrif buyurgan bo‘lsa, 1675 nafari esa uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan. Tadqiqotda natijalar olish nuqtai nazaridan kuzatuv va tahlil usuli bo’yicha ishlar olib borilganda O’zbekiston, shuningdek, Jizzax viloyati turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli imkoniyatga, shuningdek, juda katta rekreatsiya salohiyatiga ega ekanligi, unda jami 7,4 ming madaniy meros ob’ektlari mavjud, ulardan 209 tasi to’rtta muzey shaharlar — «Xiva shahridagi Ichan-qal’a», «Buxoro shahrining tarixiy markazi», «Shahrisabz shahrining tarixiy markazi», «Samarqand shahri» hududida joylashgan bo’lib, YUNESKO butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilganligi ma’lum bo’ldi. Mamlakatimizda yaratilayotgan shunday institutsional imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo’lsak Jizzax viloyatida ham turizmni rivojlantirish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud. Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo‘lib, mintaqa tabiati sizni bir lahzada o‘ziga tortadi. Baxmal va G‘allaorol tumanlarida “Temir Darvoza” deb nomlangan ajoyib yer osti yo‘llarini ko‘rishingiz mumkin. Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy qism qirg‘oqlarida o‘tovlar manzilgohi joylashgan  Aydarko‘l ko‘li  ko‘rkamligi bilan sayohatchilarni  o‘ziga rom qiladi. Erta bahorda esa bu yerda pushti flamingolarning to‘dasini ko‘rish mumkin. Mintaqa O‘rta Osiyoning vohasi deb nomlanib, ko‘plab shifobaxsh buloqlar, milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, ko‘plab mevali va yong‘oq daraxtlari o‘sadigan chiroyli bog‘larga ega hududdir. Davolanish va sog‘liqni tiklash hamda kuchga to‘lish uchun aynan shu yerga sayyohlar kelishadi. Ajoyib tog‘ havosi, toza mineral suv, sog‘lom meva va sabzavotlar moʻjiza yaratadi. Bu yerda sog‘liqni tiklashni mintaqadagi bir nechta diniy obidalarni ziyorat qilish bilan birga olib borish mumkin. Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida Sirdaryo va Zarafshon daryolari o‘rtasida joylashgan. Uning maʼmuriy markazi – Jizzax shahri bo‘lib, uning tarixi XX – asrdan boshlanadi. Jizzax viloyati O’zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo’lib, shu tufayli har taraflama keng ko’lamli xo’jalik yuritish imkoniyatiga egadir. Uzunligi sharqdan g’arbga, ya’ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180 km, janubdan shimolga, ya’ni Baxmal tumanidan Mirzacho’l tumanigacha 175 km. ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 ming kv.km. Shundan 4,8 ming kv.km. (22,7 %) qishloq xo’jaligida foydalanishda bo’lgan yerlardir. O’rmon va o’rmonchilik bilan bog’liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir. Maydonining katta qismini sharqdan g’arbga va qisman shimoli – g’arb tomonga cho’zilgan Chimqortog’ va Molguzar, g’arbdan sharqqa, sharqi-janubga va janubga tomon cho’zilgan Nurota tizma tog’lari, shimol tomondan Qozog’istondagi Chordora to’g’onidan viloyatning shimoli-g’arbidan Navoiy viloyati hududiga qadar cho’zilgan Aydarko’l tashkil etadi. Bu qadimiy yurtda ajdodlarimiz zakovati, salohiyatidan darak beruvchi – qadimiy turkiylarning quyosh yili timsoli – «Quyosh taqvimi», («Saklar taqvimi»), 19 fevraldan 21 martgacha quyosh nuri tushadigan Huttosh, shuningdek, Qantartosh, Hamaltoshlarning o’zi sirli bir olam. Viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ham Sa’d ibn Vaqqos, Usman ota, Novqa ota, Xo’jamushkent ota, Parpi ota, Sayfin ota, Savruk ota, Qulfisar ota kabi ziyoratgohlarlar xizmat qiladi. E’tiborli jihati bu yerdagi tabiiy buloqlardan yiliga o’rtacha 16-20 mln. kubometr suv olish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi viloyatning Baxmal, Zomin, G’allaorol tumanlari hamda Sh. Rashidov va Forish tumanlarining tog’li hududlarida yog’ingarchilik nisbatan mo’l bo’ladi. Shuningdek, haroratning mo’tadilligi tufayli Baxmal, G’allaorol va Forish botiqlarida, Zominsoy, Yettikechuv va Ko’rpasoyda suvning parchalanishi nisbatan kam. Viloyatda turizm va uning zaminidagi rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar, ya’ni viloyat tabiatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri tog’lar va tog’ yon bag’irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-minerallar bo’lgan bir qator shifobaxsh suv manbalari mavjud. Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G’allaorol, Forish, Mirzacho’l tumanlarida ana shunday balneologik suvlar bilan davolovchi «Marjonsuv», «Birlashgan», «Gagarin» nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab turibdi. Shuning bilan birgalikda viloyatning Zomin, Jizzax, Baxmal tumanlarida ham ma’danga boy manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma’danli suvlar kimyoviy va balneologik tarkibiga ko’ra eng tabiiy o’ziga xosligi bevosita hududning ancha qismini egallagan tog’liq zona ekanligi bilan bog’liqdir. Mazkur hududlarning tog’ yon bag’irlarida bir-biridan go’zal tabiat go’shalari, archazorlar bodomzorlar yong’oqzorlar, shifobaxsh o’tloqlar, soyliklar, zilol suvlar, hatto, musaffo toza havo qatlamining o’zi bir olam. Ulkan daralarda qir-adirlar va soyliklarda kamyob o’simliklar va hayvonlar, parrandalarning turfa xillari mavjud. Baxmal va Zomin tumanlaridagi qir-adirlar, ulkan bog’-rog’lar, shuningdek, Baxmaldagi dengiz sathidan 2600 metr balandlikdagi ma’danli suv, Xalq bog’i va qo’riqxonalar, ajoyib sharsharalar, qirlar bag’ridagi o’nlab chashmalar insoniyatni o’ziga chorlovchi saxiy tabiatning o’ziga xos ne’matidir. Viloyatda turizm klasterlarining asosiy poydevori sanalgan Zomin tumanidagi 1976 yilda tashkil etilgan 48 ming gektarli Xalq bog’ining tabiati o’ta go’zal. Balandligi dengiz sathidan 4 ming metrgacha cho’zilgan tog’ yon bag’rida yoz va bahorda havo qatlami kamalak rangida tovlanadi. Qalin archazorlar va bahaybat daralar, soyliklardagi toshqin suvlar go’yo tabiatning haqiqiy tabiiy ko’rgazmasini namoyish etadi. Albatta bu kabi jarayonlarning xususiyati shundaki, inson hamisha ko’pincha o’zlashtirilmagan, inson qo’li tegmagan tabiiy go’shalarga ehtiyoj sezishidadir. Xalq bog’i yonida Zomin qo’riqxonasi tashkil etilgan, Xalq bog’i va qo’riqxonaning umumiy maydoni 78 ming gektarni tashkil etadi. Bu qo’riqxonada 100 dan ortiq shifobaxsh va dorivor o’simliklar, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi cho’chqa, bo’rsiq, alqar, (tog’ echkisi), jayra kabi hayvonlar, kemiruvchilar, kalxat, qora turna, bulduruq, tuvaloq, kaklik, tustovuq kabi parrandalarning 150 dan ortiq turlari uchraydi. Ushbu tabiat maskanida «Zomin» sanatoriysi, O’riklisoy dam olish maskani, sayyohlar uchun ko’plab mexmonxona uylari faoliyat ko’rsatib turibdi. Shu sabab mazkur rekreatsion hududlarda yil mobaynida dam oluvchilarning, sayyohlarning, ya’ni rekrentlar oqimi uzilmaydi. Viloyat rel’efi shimol, shimoli-g’arb tomondagi pasttekisliklar, cho’l va dashtlardan qirlar, tog’lar sari balandlab borishi bilan bog’liq ravishda hayvonlar turlari ham ko’payib boradi. Viloyatda baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun ham keng ko’lamli imkoniyatlar mavjud, xususan, Aydarko’l-Tuzkon Arnasoy ko’llarida baliqlarning zog’ora, laqqa, suzak va ilonbaliq kabi turlari bor. Buning ajablanarli tomoni shundaki, aydarko’l-tuzkon Arnasoy ko’llari viloyatda baliqchiliq sanoatini rivojlantirish bilan bir paytda rekreatsiyani rivojlantirishga ham xizmat qiladi Viloyat hududining nisbatan yaxlitligi va subtropik kengliklarga yaqinligi harorat rejimining birxilligini ta’minlaydi. Yil davomida o’rtacha 250-270 kun havo ochiq, osmon beg’ubor bo’ladi. Fevraldan noyabrgacha quyosh energiyasi nisbatan ko’proq bo’ladi. Havoning harorat yig’indisi janubiy pasttekisliklarda 5,5 ming daraja, shimoliy pasttekisliklarda 4,3-4,5 ming darajaga yetadi. Viloyat hududida yog’ingarchilik asosan qish va bahor fasllariga to’g’ri keladi. Shimoldan janubga tomon yog’ingarchilik ko’payib boradi. Yillik yog’in miqdori balandligi 276 metr bo’lgan Mirzacho’lda 295, balandligi 392 metr bo’lgan Sangzorda 400 mm.dan oshadi. Qor turib qoladigan kunlar bir yilda tekisliklarda 2022 kun, tog’li hududlarda 60-70 kunni tashkil etadi. Hududning tekislik qismida yillik yog’in miqdori 200 mm. atrofida. Bug’lanish darajasi 100-120 mm.ga teng. Viloyat hududida shimoli-g’arbda vaqti-vaqti bilan kuchli shamol bo’lib turadi. Aprel va may oylarida kuchli shamol, do’l va jala yog’ish holatlari uchraydi. Viloyat aholisi 2021 yil yanvar oyi holatiga 1403100 kishini tashkil etib, yil boshidan 29700 kishiga yoki 102,2 foizga ko’paydi. Shundan 647900 kishi -shahar joylarida (46,2%) va 755200 kishi qishloq joylarida (53,8 foiz) istiqomat qiladi. Tarkibiga ko’ra 70 dan ortiq millat vakillari bor. Umumiy aholisining 83 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. O’rtacha zichligi bir kv.km. ga 65,5 kishi. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, aholisi 163,6 ming kishi bo’lgan viloyatning Zomin tumanida (viloyat aholisining 11,8 %), aholisi 155,8 ming kishi bo’lgan Baxmal tumanida (viloyat aholisining 11,3 %), aholisi 171,4 ming kishi bo’lgan G’allaorol tumanlarida (viloyat aholisining 12,4 %) negizida rekreatsiya mavjud bo’lgan turistik mehmon uylarini, shuningdek, ularning o’zaro kooperatsiyasi asosidagi turizm klasterlarini tashkil qilish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud. Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, hozirgi paytda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo’yicha turizm sohasi uncha katta mehnat sarfini talab etmaydigan, ammo serdaromad soha hisoblanadi. Mazkur soha o’ziga yarasha madaniyatni, etika, estetikani talab qilgan holda birmuncha jozibadorlikning tarafdori sanaladi. Turizm sohasining iqtisodiy jihatidan tashqari uning ham ijtimoiy ham ma’naviy jihatlarini alohida ta’kidlab o’tish darkor. Ya’ni iqtisodiy jihatdan mehnatning 1 so’miga to’g’ri keladigan ko’p mehnat sarfi talab etadigan ba’zi, masalan qurilish tarmog’i kabilarga nisbatan kam mehnat evaziga daromad topish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy jihatdan esa mazkur sohada faoliyat yurituvchi xizmat ko’rsatish xodimlari bir vaqtning o’zida sayyohlarga xizmat ko’rsatish bilan birgalikda mazkur soha mahsulotidan o’zlari ham bahramand bo’lishadi, bu esa o’z navbatida inson umrining uzayishiga sabab bo’ladi. Ma’naviy jihatdan turizm sohasini rivojlantirish orqali ajdodlarimizdan meros bo’lgan milliy qadriyatlarimiz timsoli sanalgan me’moriy yodgorliklarimizni, bahavo tabiatimizni butun dunyoga ko’z – ko’z qilish yo’li bilan mamlakatimizni dunyo xaritasidagi o’rnini mustahkamlab, butun dunyoga tanitish imkoniyati yuzaga keladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Тухлиев Н., Экологический туризм: сущность, тенденции и стратегия развития.Т
  2. Hakimov Q.M, G’o’dalov M.R. Jiizzax viloyati geografiyasi. Jiizzax 2004.
  3. Soliyev A.C, Usmonov M.R. Turizm geografiyasi.-Samarqand. 2012.
 
  1. Mirzaeva A. Ecoturism resources of Jizzakh region. Fars International Journal of education. Social Science Humanities. (FIJESH)10(12); 2022.
  2. Мирзаева А.З. Жиззах вилоятининг экотуристик ресурслари. Международный научный журнал «Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г.
  3. Aziza Z. Mirzayeva. Jizzax viloyatida turizmning afzalliklari. Oriental Journal of Geography SJIF
  4. Mirzayeva A. Jizzax viloyatida ekologik turizmnirivojlantirishda resurslardan oqilona foydalanish Ilm-fanfidokori mavzusidagi xalqaro ilmiy- 29-dekabr 2022-yil T.: sh.
  5. Mirzayeva A. Jizzax viloyati ekoturistik resurslaridan samarali“Янги Ўзбекистонда география фани ва таълимидаги муаммолар” мавзусидаги республика илмий – амалий конференцияси материаллари. Жиззах – 2022.
  6. MirzayevaA. Jizzaxviloyatinirivojlantirishdaturizmningahamiyati. “Journal of Natural Science” №5/3 2021 y.
  7. Mirzayeva A.Z. Jizzax viloyatida ekoturizmni rivojlantirish «География – келажакка назар»мавзусидагиРеспублика миқёсида илмий-назарий анжуманматериаллари. Нөкис-2021.
  8. Мирзаева А. Жиззах вилоятининг экотуристик ресурслари. Science and education in the modern world: challenges of the XXI century. Nur – Sultan, Kazakhstan, October 2020.
  9. Aziza Mirzaeva. Mechanisms for the development of ecotourism in Uzbekistan. Current research journal of history 2(6): 34-38, June 2021.
  10. Mirzayeva A.Z. Jizzax viloyati ekoturistik resurslaridan foydalanish yo’llari. Ўзбекистоннитопўнтуристикҳудудларқаторигакиритишистиқболлари: барқарорривожланишимкониятларимавзусидагихалқароонлайнилмийамалийанжуманматериалларитўплами2020 йил 11 – 12 декабрь.