Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2026
Chop etish
Universitetda fan olimpiadasi o‘tkazildi

Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Jabbarova ochib berib, olimpiadaning maqsad va ahamiyati haqida to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, mazkur olimpiada Prezident qarorlari hamda tegishli me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Olimpiada davomida o‘quvchilarning tabiiy fanlarga oid bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi. G‘olib hamda faol ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

 

Mazkur tanlov yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
435
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...