Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2026
Chop etish
Jizzax viloyati rasmiy delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

Delegatsiya tarkibida JDPU rektori Maksudjan Yuldashev ham ishtirok etmoqda. Muzokaralarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
21-may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi doirasida JDPU, Sian International Studies University hamda Beijing Financial Street Education Investment tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

Hamkorlik doirasida universitetda xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda Xitoy korxonalari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.


Ulashish:
679
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...