Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/06/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetiga Janubiy Koreyaning Kyungwoon Universiteti vakillari tashrif buyurdi
2025-yil 18-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika universitetiga Janubiy Koreyaning Kyungwoon Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitetning Xalqaro ta’lim markazi direktori, professor Kim Sunghee hamda Qirol Sejong institutlari bo‘yicha koordinator Lee Han Ji ishtirok etdi.

Mehmonlar JDPU rektori, professor Sharipov Shavkat Safarovich bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti huzurida faoliyat yuritayotgan Jizzax Sejong koreys tili markazining ish faoliyati yuzasidan fikr almashdilar.

Qirol Sejong markazi faoliyati haqida

Ma’lumot uchun: Jizzax Sejong koreys tili markazi 2024-yil 3-oktabrdan faoliyat boshlagan bo‘lib, bugunga qadar markazda 95 nafar o‘quvchi koreys tili kurslarida ishtirok etgan.

2025-yil 11-iyundan e’tiboran markazda uchinchi semestr dars jarayonlari boshlangan bo‘lib, hozirgi kunda 40 nafar o‘quvchi ta’lim olishda davom etmoqda. Qabul jarayoni hozirda ham davom etmoqda va barcha qiziquvchilarni markazga taklif etamiz.

Koreys tilini o‘rganishni istaysizmi?

Jizzax Sejong markazi — Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stona hamkorlik timsolidir. Markazda zamonaviy metodikalar asosida, malakali mutaxassislar tomonidan koreys tili o‘qitiladi.

👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqam orqali murojaat qiling: 📞 +998 99 596 46 43


Ulashish:
554
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.