Jizzax davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida asosiy qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tadbir tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini muhokama qilish va takliflarni shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan tadbir tashkil qilindi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Xayrulla Gʻaffarov, Jizzax viloyatidan saylangan deputat Muqaddas Tirkasheva va viloyat hokimi o‘rinbosari L.Axmedjanovlar institut professor- o‘qituvchilari , viloyat ekologiya partiyasi faollari, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda fikr bildirganlar asosan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson xuquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi ezgu maqsadlar yangi konstitutsiyada o‘z aksini topishi uchun taklif va fikrlariga quloq tutib, asosli takliflarini umumlashtirish niyatida ekanliklarnii qayd etishdi.