Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2019
Chop etish
Jismoniy madaniyat fakulteti 4 sentabr kuni tatildan qaytgan va 1-kursga qabul qilingan talabalarini bayramona kutib olish tadbiri bo`lib o`tdi

Jismoniy madaniyat fakulteti tatildan qaytgan va 1-kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish uchun erta tongdan fakultet dekani dos F.Q.Axmedov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.A.Qo‘shmuratov, fakultet professor o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi va fakultetning barcha iqtidorli yetakchi talabalari bilan birgalikda talabalar bayramona vatan,talabalik oltin davrim haqidagi qo‘shiqlar sadosi ostida kutib olindi. Tadbir ochiq deb e’lon qilinib O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi butun bir jamoa bilan kuylandi. Tabrik uchun so‘z fakultet dekani F.Q.Axmedovga berildi. Fakultet dekani barchani mustaqilligimizning 28 yillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. 1 –kursga qabul qilingan talabalarga aloxida tabrik va umumiy ichki tartib qoidalar haqidagi fikirlarini aytib o‘z so‘zini yakunladi.


Navbatdagi so‘z fakultet oqsoqollarida B.A.Bo‘riboevga berildi va u kishi ham barchani bayram bilan tabriklab o‘qishlariga omadlar tiladi.

So‘zga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Umarova Sabina Sulton qizi chiqib barcha 1-kursga kirgan talabalarni bayram bilan tabrikladi.Talaba qizlarga esa alohida bizning ortimizda ergashi ananani davom ettirib Zulfiya nomidagi davlat mukofatlarini ko‘payishini tiladi. 1-kursga qabul qilingan talabalarga jamoa professor o‘qituvchilari tanishtirildi. 1–kurs talabalarining quvonchi ichiga sig‘masdan so‘z olishib tabriklarini izxor etdilar.

Fakultet dekani institut rektorining tabriklari bitilgan tabriknomani 1-kursga qabul qilingan talabalarga Talabalik davrim mening qo‘shiq sadolari ostida topshirildi .Barcha talabalar xursand bulishdi.Shundan so‘ng talabalar mustaqillik darsiga jalb qilindi.


Ulashish:
1 178
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...