Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/09/2025
Chop etish
JDPUda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari start oldi. Unda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetlariga tavsiya etilgan birinchi kurs talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtalib, ular yosh avlodning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

— Jizzax davlat pedagogika universitetini tanlaganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Ishonchim komilki, tanlovingizdan hech qachon afsuslanmaysiz, — dedi rektor o‘z nutqida talabalarga murojaat qilib.

“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Sanobar Kenjayeva hamda uning iste’dodli shogirdlarining chiqishlari tadbirga yanada mazmun va ruh bag‘ishladi.”

Tantanali marosim davomida fakultetga davlat granti asosida eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarning ota-onalari hamda tashabbuskor va faol o‘qituvchilarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.


Ulashish:
2 475
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” universiteda o‘tkazilgan psixologik aksiya ana shunday nomalndi.
Bugun universitetimizda Pedagogika-psixologiya hamda Inklyuziv ta’lim fakultetlari talabalari ishtirokida “Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” nomli psixologik aksiya yuqori kayfiyat va faollik ruhida tashkil etildi.
Professorlar safi yana bittaga ko‘paydi: ilmiy unvon attestati tantanali topshirildi.
Har doimgidek kengash yig‘ilishi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.Universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Rahmatova Feruza Abulqosimovnaga ilmiy unvon attestatini tantanali ravishda topshirib, uni ushbu yuksak ilmiy...
Qadrli talabalar! Aziz yoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid masalalar davlat darajasiga ko‘tarilgani, siz kabi bilimli, shijoatli va innovatsion fikrlaydigan avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani barchamiz uchun...